Bobomurodov Zokir Abduqaxxorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sangzor daryosi ikkipallali mollyuskalari bioxilma-xilligiga abiotik va antropogen omillar ta’siri», 03.00.10 - Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/B560.
Ilmiy rahbar: Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.V.01.15.
Rasmiy opponentlar: Alimjanova Xolisxon, biologiya fanlari doktori, professor; Maxmudjonov Zafarjon Murod o‘g‘li, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sangzor daryosi ikkipallali (Bivalvia: Unionidae, Corbisulidae, Pisididae va Euglisidae) mollyuskalari xilma-xilligiga abiotik va antropogen omillar ta’sirini baholash hamda kamyob turlarini muhofaza qilish choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Sangzordaryosi sohili suv ekotizimlarida taqalgan Bivalvia sinfi Unionidae, Euglisidae, Pisididae va Corbisulidae oilalariga mansub ikki pallali mollyuskalarning 17 tur va 2 ta kenja turlardan iborat faunasi aniqlangan;
ikki pallali mollyuskalarning turli suv ekotizimlaridagi ekologik guruhlari va populyasiyalarining taqsimlanish xususiyatlari ochib berilgan;
ikki pallali mollyuskalarning turli tipdagi suv havzalarida tarqalishiga suv fizik ko‘rsatkchlarining ta’siri asoslangan;
suv sifat ko‘rsatkichlarining ikkipallali mollyuskalar yoshi, biomassasi va chig‘anoqlarining o‘zgaruvchanligiga ta’siri baholangan.
ikki pallali mollyuskalarning suv havzalari radioaktivligini aniqlashdagi imkoniyatlari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sangzordaryo soxili suv havzalarida ikki pallali mollyuskalarning tarqalishi va ulardan iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sangzor daryosi sohili hududida tarqalgan endem va noyob tur sifatida Qizil kitobga kiritilgan Solletopterum bactrianum, Colletopterum cureum sogdianum, Corbicula cor, Corbicula fluminalis, Corbicula purpurea lar populyasiyalarining holati va ularni muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Jizzax viloyati G‘allaorol va Jizzax tuman bo‘limlari amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 5 fevraldagi 04-02/8-215-son ma’lumotnomasi). Natijada, lokal hududlarda joylashgan turli suv havzalari rejimlarini mavsumiy boshqarish orqali noyob turlar tarqalgan biotoplarni muhofaza qilish va yo‘qolish xavfi ostida bo‘lgan populyasiyalarini saqlab qolish imkonini bergan;
ikkipallali mollyuskalarning saprobligi asosida chuchuk suv havzalarining tozalik darajasini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar №I-OT-2019-21 “Tovar baliq chavaqlarini etishtirishda tabiiy ozuqa bazasi- plankton organizmlardi etishtirish usulari va amaliy ahamiyati” mavzusidagi loyihada intensiv tovar baliq chavaqlarini etishtiriluvchi xavzalarning organik ifloslanish darajasini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 24 fevraldagi 89-03-1085-son ma’lumotnomasi). Natijada, tovar baliq chavoqlari uchun tabiiy ozuqa bazasi bo‘lgan plankton organizmlari etishtiriluvchi havzalarning saproblik darajasini tezkor aniqlash va suvning gigienik sifatini baholash imkonini bergan.