Musaeva Nargiza Abidjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ӯzbekiston Respublikasi hududida o‘sadigan o‘simliklardan olinadigan moylar asosidagi dori vositalarini standartlash va sifat nazorati», 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Far14.
Ilmiy maslahatchi: Azizov Ismatdjan Kazimovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Urmanova Flyura Faridovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Maxatov Baurjan Kaljanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor, akademik; Sagdullaeva Dilfuza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘sadigan kunjut (Sesamum indicum L.) va teshik dalachoy (Hypericum perforatum L.) xomashyosi yuzasidan majmuaviy fitokimyoviy tadqiqot olib borish va samarali dori vositalarini yaratish, ularning farmakologik faolligini aniqlash va standartlashning yangi yondashuvlarini eksperimental va nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy kunjut urug‘ining mikroskopik tuzilishi aniqlandi, bunda xomashyodagi zarur bo‘lgan umumiy va farqlovchi xususiyatlari, shuningdek o‘ziga xos diagnostik belgilari mavjudligi isbotlangan;
ilk bor respublika hududida o‘sadigan kunjut (Sesamum indicum L.) xomashyosi hamda uning asosida olingan kunjut moyi va kunjut shamchasi dori vositalarining sifatini baholash usullari ishlab chiqilgan;
ilk bor mahalliy kunjut urug‘i va moyi tarkibidagi lignanlarning chinligi va miqdori YuSSX usuli yordamida aniqlangan;
mahalliy kunjut urug‘i va uning moyining takribidagi aminokislotalar, yog‘ kislotalar, makro- va mikroelementlar kabi biologik faol moddalari aniqlangan;
teshik dalachoy (Hypericum perforatum L.) o‘simligining mahalliy xomashyosi, uning moyli ekstrakti hamda ushbu ekstraktni saqlagan surtma dori vositasining sifatini baholash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ӯzbekiston Respublikasi hududida o‘sadigan o‘simliklardan olinadigan moylar asosidagi dori vositalarini standartlash va sifat nazorati bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Kunjut urug‘i» dorivor o‘simlik xomashyosi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUKning Farmakopeya qo‘mitasi tomonidan korxona farmakopeya maqolasi tasdiqlangan (KFM 42 O‘z-00481330-4204-2020) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma, №DV/M 03589/09/20). Natijada, xujayra va to‘qimalarni regenerirlovchi dori vositalarni ishlab chiqish uchun xomashyo assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
«Tozalangan kunjut moyi» dori vositasiga «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUKning Farmakopeya qo‘mitasi tomonidan korxona farmakopeya maqolasi tasdiqlangan (KFM 42 O‘z-00481330-4471-2021) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma, №DV/M 03712/02/21). Natijada, immunostimullovchi hamda yallig‘lanishga qarshi dori vositalar assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
«Kal`siy MMR» biologik faol qo‘shimchasi uchun texnik shartlar «O‘zstandart» agentligi Standartlashtirish va davlat nazoratini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan (Ts 2758876-03:2019) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi tomonidan tasdiqlangan (TI 27588576-03:2019). Natijada, «Muslimbek med rharm» MChJ korxonasida suyuq shaklidagi «Kal`siy MMR» biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Kunjut moyi» biologik faol qo‘shimchasi uchun texnik shartlar «O‘zstandart» agentligi Standartlashtirish va davlat nazoratini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan (Ts 26179337-04:2017) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi tomonidan tasdiqlangan (TI 26179337-04:2017). Natijada, «Pharm Enginering» MChJ korxonasida suyuq shaklidagi immunostimullovchi ta’sirga ega «Kunjut moyi» biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqarish imkonini bergan.