Abduraxmonova Nargiza Abdumajidovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tog‘ dastarboshi gullari asosida dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqish va standartlash», 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya, 15.00.01 – Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Far25.
Ilmiy maslahatchilar: Ibragimov Abdulla Yakubovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Karieva Yokut Saidkarimovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Komilov Xojiasror Ma’sudovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Xalilov Ravshanjon Muratdjanovich, texnika fanlari doktori; Abdullabekova Viloyatxon Nurillabekovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tog‘ dastarboshi gullari asosida safro haydovchi va antigel`mint ta’sirga ega dori preparatlar hamda biologik faol qo‘shimchalar tarkibini ilmiy asoslangan holda tanlash, texnologiyasini ishlab chiqish va standartlashdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
safro haydovchi yangi «Triflos» yig‘masidagi biologik faol moddalarning asosiy guruhlarining tarkibi, sifat va miqdor ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ilk bor tajribani matematik rejalashtirish usulidan foydalanib, «Gepafloks»  quruq ekstraktini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan, ekstraksiya jarayonining optimal sharoitlari aniqlangan;
safro haydovchi «Triflos» yig‘masi va uning asosidagi «Gepafloks» quruq ekstraktini standartlash usullari ishlab chiqilgan, ularning chinligi va  sifatining mezonlari belgilangan;
safro haydovchi substansiya asosida «Gepafloks» kapsulalarining ilmiy asoslangan tarkibi tanlangan va mo‘’tadil texnologiyasi ishlab chiqilgan;
 ilk bor tog‘ dastarboshi gullari va achchiq ermon o‘tini ekstraksiya qilishning optimal sharoitlari hamda ularning sifat me’yorlari aniqlangan;
antigel`mint ta’sirga ega «Gelrem®» kapsulalarining mo‘’tadil texnologiyasi ishlab chiqilgan;
«Gepafloks» va «Gelrem®» kapsulalarining sifat ko‘rsatkichlarini xalqaro standartlar talablariga muvofiqligi isbotlangan;
ilk bor mahalliy o‘simlik xom ashyolari asosida kapsula shaklida ovqat hazm qilish jarayonlarini me’yorlashtirishga yordam beradigan, jigarning funksional holatini yaxshilaydigan va safro sekresiyasini stimullovchi  "Fitogep-5" biologik faol qo‘shimchasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tog‘ dastarboshi gullari asosida dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqish va standartlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Triflos» safro haydovchi yig‘masi uchun korxona farmakopeya maqolasi  «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (KFM 42-Uz-02018576-4751-2021) va  tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma, № DV/M 03972/11/21). Natijada, safro haydovchi dori vositalari assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
«Dastarbosh quruq ekstrakti»  uchun korxona farmakopeya maqolasi  «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz-22175941-1708-2021).  Natijada, safro haydovchi va antigel`mint ta’sirga ega dori vositalari uchun substansiya ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Ermon quruq ekstrakti»  uchun korxona farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz-22175941-1707-2021). Natijada, antigel`mint ta’sirga ega dori vositalari uchun substansiya ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Gelrem®» kapsulalari uchun korxona farmakopeya maqolasi  «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz-22175941-1709-2021) va  tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma, № DV/M 00684/03/16). Natijada, antigel`mint dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Fitogep-5» biologik faol qo‘shimchasi uchun texnik shartlar (Ts 28275514-004:2020) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma (TI 28275514-004:2020) tasdiqlangan.  Natijada, «Abduxoliq Pharm» MChJ safro haydovchi ta’sirga ega «Fitogep-5» ozuqaga biologik faol qo‘shimchani  ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Gelrem®» kapsulalari uchun korxona reglamenti «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (SR-42-Uz-03873/22175941-1407-2012). Natijada, «Gelrem®»  antigel`mint dori vositasini sanoat miqyosida ishlab chiqarish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish