Xoldorova Gulbahor Mixliboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mirzacho‘lning tabiiy geografik sharoiti monitoring tizimini shakllantirishning ilmiy asoslari», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Gr70.
Ilmiy rahbar: Sabitova Naila Ismoilovna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSs.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Bahritdinov Bahodir Arifovich, geografiya fanlari doktori; Abdullaev Ilhom Hatamovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Seysmologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mirzacho‘lning tabiiy geografik sharoiti monitoring tizimini shakllantirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mirzacho‘l tabiiy geografik sharoitining inson ta’siri natijasida o‘zgarish dinamikasi ko‘rsatkichlari (tuproq, erosti suvlari) aniqlangan;
Mirzacho‘l geosistemalarining chegarasi rel`ef plastikasi usuli asosida aniqlangan va 1:200000 masshtabli kartasi yaratilgan;
Mirzacho‘l tabiiy sharoitini shakllantiruvchi umumiy tabiiy geografik omillarning sifat (tuproqning ximiyaviy tarkibi, er osti suvlari sathining ko‘tarilishi va kimyoviy tarkibi) o‘zgarishi aniqlangan;
tuproqlarning va er osti suvlarining sho‘rlanish darajasi “kalit” maydonlarda makon (geosistema chegaralari) va vaqt (5, 10, 15 yillik tebranish)da o‘zgarishi aniqlangan;
geosistemalarning antropogen ta’siri natijasida o‘zgarishlari sifat darajalari (kuchli, o‘rta, kuchsiz) asosida baholangan va monitoring kuzatuv nuqtalar tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mirzacho‘lning tabiiy geografik sharoiti monitoring tizimini ilmiy asoslarini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Mirzacho‘l tabiiy sharoitining, tuproq-meliorativ sharoiti va er osti suvlarining inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida o‘zgarishi dinamikasining aniqlangan ko‘rsatkichlari Qishloq xo‘jaligi vazirligining Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 8 apreldagi 04/30-04/2084-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat sug‘oriladigan erlaridan oqilona foydalanish va er osti suvlari sathini pasaytirish tadbirlarini takomillashtirish imkonini bergan;
Mirzacho‘l hududining 1:200000 masshtabda yaratilgan rel`ef plastikasi kartasi O‘zbekiston Milliy atlasining «Landshaftlar va tabiiy geografik rayonlashtirish» bo‘limiga kiritilgan «Rel`ef plastikasi asosida tuzilgan landshaft morfologik xaritasi»ni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi «Kartografiya» DIIChKda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 19 apreldagi 08-03085-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Milliy atlasining mazmunini boyitish, undagi kartalarning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish imkonini bergan;
Mirzacho‘l hududi tuproqlarining kimyoviy tarkibi, er osti suvlari sathining ko‘tarilishi va kimyoviy tarkibidagi aniqlangan o‘zgarish ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2022 yil 8 apreldagi 04/30-04/2084-son ma’lumotnomasi). Natijada, erlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarini takomillashtirish imkonini bergan;
Mirzacho‘l tuproqlari va er osti suvlarining sho‘rlanish darajasining hudud va vaqt mobaynida o‘zgarishlarining aniqlangan ko‘rasatkichlari Qishloq xo‘jaligi vazirligining Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 8 apreldagi 04/30-04/2084-son ma’lumotnomasi). Natijada, erlarning sho‘rlanish sabablarini aniqlash imkonini bergan;
Mirzacho‘l geosistemalarining antropogen ta’sir natijasida o‘zgarishini kuzatish bo‘yicha ishlab chiqilgan monitoring tizimi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligining Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 8 apreldagi 04/30-04/2084-son ma’lumotnomasi). Natijada, geosistemalardagi kelajakda bo‘ladigan o‘zgarishlarni prognozini ishlab chiqish imkoniyatini bergan.