Matyakubov Umidjon Raximovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Orolbo‘yi  mintaqasida turizmni  rivojlantirishning  tashkiliy-iqtisodiy  va metodologik yo‘nalishlarini takomillashtirish”, 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Iqt211.
Ilmiy maslahatchi: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Navro‘z-zoda Baxtiyor Negmatovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Eshtaev Alisher Abduganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orolbo‘yi  mintaqasida turizmni  rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy yo‘nalishlari va metodologik yondashuvlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orolbo‘yi mintaqasida turizm xizmatlari bozorida o‘zaro tajriba almashishda “axborot bo‘shliqlar”i (information gaps)ni kamaytirishni ta’minlovchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati sayyohlik tashkilotlarining virtual assotsiatsiyasini yaratish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida “Guldirsin” va Xorazm viloyati Xiva tumanida “G‘ovuk” turistik mahallalarida arxeologik, etnografik va agroturizmni rivojlantirish maqsadida qishloq turistik klasterlarini tashkil qilish asoslanib, uning ko‘p tarmoqli universal modeli ishlab chiqilgan;
Orolbo‘yi mintaqasida smart arxeologik turizmni rivojlantirish maqsadida Ellikqal’a, Ayazqal’a, Tuproqqal’a, Guldursinqal’a,  Kat qal’a, Ichan qal’a, Qalajiq qal’a, Sulaymon qal’a, Toshqal’a turistik ob’ektlarini o‘z ichiga olgan “Qadimiy Xorazm poytaxtlari oltin halqasi” turistik marshrutini ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Orolbo‘yi mintaqasiga sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida “Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati” va “Xorazm milliy tabiat bog‘i”larida ekologik jihatdan toza sanitariya giginena shaxobchalari, gastronomik turizmni shakllantiruvchi ovqatlanish korxonalari, dam olish bog‘lari, suvenir do‘konlari, hayvonot bog‘lari, tabiat muzeylari infratuzilmalarini o‘z ichiga olgan “Badaytoqay EcoRing” va “Khorezm EcoRing” ekoturizm xalqalarini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;  
Orolbo‘yi mintaqasida turistlar oqimi va turistik xizmatlar hajmi ko‘rsatkichlarini 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ko‘p omilli ekonometrik omillar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Orolbo‘yi  mintaqasida turizmni  rivojlantirishning  tashkiliy-iqtisodiy va metodologik yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar amaliyotga joriy qilingan jumladan: 
Orolbo‘yi mintaqasida turizm xizmatlari bozorida o‘zaro tajriba almashishda “axborot bo‘shliqlar”i (information gaps)ni kamaytirishni ta’minlovchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati sayyohlik tashkilotlarining virtual assotsiatsiyasini yaratish bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2021 yil 21 avgustdagi “2021-2022 yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 83-12-0-Q/21-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizm va sport vazirligining 2022 yil 28 yanvardagi 03-17-01/841-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy qilinishi mintaqa  turistik  korxonalari  faoliyati samaradorligi o‘rta hisobda 4-6 foizga oshirish  imkoni yaratilgan;
Ellikqal’a tumanida “Guldirsin” va Xiva tumanida “G‘ovuk” turistik mahallalarida arxeologik, etnografik hamda agroturizmni rivojlantirish maqsadida qishloq turistik klasterlarini tashkil qilishning ko‘p tarmoqli universal modeli bo‘yicha berilgan taklif Xorazm viloyat hokimining 2021 yil 21 avgustdagi “2021-2022 yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 83-12-0-Q/21-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizm va sport vazirligining 2022 yil 28 yanvardagi 03-17-01/841-son ma’lumotnomasi). Natijada, klaster tarkibiga kiruvchi turizm infratuzilmasi korxonalari sonini 8-10 foizga va tashrif buyuruvchi sayyohlar  sonini 10-15 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
Orolbo‘yi mintaqasida smart arxeologik turizmni rivojlantirish maqsadida, Ellikqal’a, Ayazqal’a, Tuproqqal’a, Guldursinqal’a,  Kat qal’a, Ichan qal’a, Qalajiq qal’a, Sulaymon qal’a, Toshqal’a turistik ob’ektlarini o‘z ichiga olgan “Qadimiy Xorazm poytaxtlari oltin halqasi” turistik marshrutini ishlab chiqish bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2022 yil 28 maydagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 250-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizm va sport vazirligining 2022 yil 28 yanvardagi  03-17-01/841-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni joriy qilinishi natijasida mintaqaga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar sonini 10-15 foizga oshirish imkonini bergan;
Orolbo‘yi mintaqasiga sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida “Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati” va “Xorazm milliy tabiat bog‘i”larida ekologik jihatdan toza sanitariya giginena shaxobchalari, gastronomik turizmni shakllantiruvchi ovqatlanish korxonalari, dam olish bog‘lari, suvenir do‘konlari, hayvonot bog‘lari, tabiat muzeylari infratuzilmalarini o‘z ichiga olgan “Badaytoqay EcoRing” va “Khorezm EcoRing” ekoturizm xalqalarini tashkil qilish bo‘yicha  taklif Xorazm viloyat hokimining 2022 yil 28 maydagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 250-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizm va sport vazirligining 2022 yil 28 yanvardagi 03-17-01/841-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida mintaqaga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar sonini 20-25 foizgacha, turizm infratuzilmasi korxonalar sonini 5-7 foizga oshirish hamda qishloq joylarida 200 nafardan ziyod yangi ish o‘rinlarni yaratish imkonini bergan;
Orolbo‘yi mintaqasida turistlar oqimi va turistik xizmatlar hajmi ko‘rsatkichlarini ko‘p omilli ekonometrik omillar yordamida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilishi bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2021 yil 21 avgustdagi “2021-2022 yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 83-12-0-Q/21-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizm va sport vazirligining 2022 yil 28 yanvardagi  03-17-01/841-son ma’lumotnomasi). Mazkur model natijalaridan mintaqada turizmni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish