Misirov Komoliddin Mamasabirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekologik xarajatlar hisobi va auditi metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Iqt354.
Ilmiy maslahatchi: Kudbiev Davlatbay, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Karshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdugafur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alikulov Abdimo‘min Ismatovichlar iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ekologik xarajatlar hisobi va auditi metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ekologik xarajatlar hisobini aniqligini ta’minlashda 0870-«Ekologik aktivlarga kapital qo‘yilmalar» va 2200 - «Joriy ekologik xarajatlar» nomli ishchi sintetik schyotlarini kiritish asosida hisob siyosati takomillashtirilgan;
ekologik xarajatlar hisobi va hisobotiga axborotlarning qiyoslanuvchanligi tamoyilini kiritish xo‘jalik sub’ektlarning investision jozibadorlikni oshirishi hamda moliyaviy hisobotining xalqaro standartlariga muvofiqlashtirishga xizmat qilishi asoslangan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda atrof-muhitga etkazayotgan zararidan kelib chiqib, tabaqalashtirgan holda ixtiyoriy yoki majburiy shaklda ekologik xarajatlar auditini o‘tkazish zarurligi ilmiy asoslangan;
ekologik auditor xulosasi natijasida buyurtmachiga etkazilgan zarar ekologik audit tashkiloti tomonidan qoplanishi lozimligi ilmiy asoslangan;
«ekologik xarajatlar» va «ekologik hisob» tushunchasiga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ekologik faoliyatida yuzaga keladigan kompensatsiya to‘lovlari, chiqindilarni joylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar to‘g‘risidagi iqtisodiy axborotlarni kiritish, qayta ishlash va hisobga olish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ekologik xarajatlar hisobi va auditi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ekologik xarajatlar hisobini aniqligini ta’minlashda 0870-«Ekologik aktivlarga kapital qo‘yilmalar» va 2200 - «Joriy ekologik xarajatlar» nomli ishchi sintetik schyotlarini kiritish asosida hisob siyosatiga kiritish bo‘yicha taklifi «Navoiyazot» va «Farg‘onaazot» aksiyadorlik jamiyatilari hisob siyosatida o‘z aksini topgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2022 yil 28 yanvardagi 22288-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonalar hisob siyosatida belgilangan buxgalteriya hisobi ishchi schyotlar rejasida ekologik xarajatlarni hisobga olinishi kapital va joriy schyotlarda alohida aks ettirish orqali ekologik faoliyatga doir ishonchli axborotlar bilan ta’minlanishiga erishilgan, ekologik xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va nazorat qilish imkonini bergan;
ekologik xarajatlar hisobi va hisobotiga axborotlarning qiyoslanuvchanligi tamoyilini kiritish xo‘jalik sub’ektlarning investision jozibadorlikni oshirishi hamda moliyaviy hisobotining xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 20 noyabrdagi 06/04-02-32/2415-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga oid axborotlarning shaffofligi ta’minlanib, xorijiy investisiyalarning milliy bozorga kirib kelishi, investorlarning manfaatini himoya qilish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida shakllantirish imkoniyatini bergan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda atrof-muhitga etkazayotgan zararidan kelib chiqib, tabaqalashtirgan holda ixtiyoriy yoki majburiy shaklda ekologik xarajatlar auditini o‘tkazish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil
15 martdagi O‘RQ-678-son «Ekologik audit to‘g‘risida»gi qonunning «Ekologik audit shakllari» deb nomlangan 8-moddasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 4 iyundagi 02/4-3-son ma’lumotnomasi). Natijada, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ekologiyaga ta’sir ko‘rsatish xavflilik darajasidan kelib chiqib ularni alohida turlarga ajratish, xususan, majburiy va ixtiyoriy ekologik audit o‘tkaziladigan faoliyat turlari tasniflangan hamda atrof-muhitni muhofaza qilish vositasi sifatida ekologik auditning roli va o‘rnini oshirishga xizmat qilgan;
ekologik auditor xulosasi natijasida buyurtmachiga etkazilgan zarar ekologik audit tashkiloti tomonidan qoplanishi lozimligiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 15 martdagi O‘RQ-678-son «Ekologik audit to‘g‘risida»gi Qonunning «Ekologik auditorlik tashkilotining javobgarligi» deb nomlangan 12-moddasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 4 iyundagi 02/4-3-son ma’lumotnomasi). Natijada, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining atrof-muhitni muhofaza qilishga doir faoliyatiga ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan soxta xulosasi natijasida buyurtmachiga etkazilgan zararlarni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi, ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik soxta xulosasini berishning oldini olish imkoniyatini yaratgan;
«ekologik xarajatlar» va «ekologik hisob» tushunchasiga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ekologik faoliyatida yuzaga keladigan kompensatsiya to‘lovlari, chiqindilarni joylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar to‘g‘risidagi iqtisodiy axborotlarni kiritish, qayta ishlash va hisobga olish orqali takomillashgan mualliflik ishlab chiqilgan ta’rifi «Moliyaviy va boshqaruv hisobi» darsligida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 531-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan mualliflik guvohnomasi). Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ekologik xarajatlar hisobi va hisobotining nazariy - uslubiy jihatdan ta’rifi takomillashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish