Yuldasheva Mashhura Muzafarovnananing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tibbiy pedagogik yo‘nalish talabalarida milliy an’analar asosida bag‘rikenglikni rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1091.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy pedagogik yo‘nalish talabalarida milliy an’analar asosida bag‘rikenglikni rivojlantirish hamda talabalarda bag‘rikenglikni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan ilmiy–metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda bag‘rikenglikni rivojlantirishning ijtimoiy-siyosiy, milliy-ma’naviy, psixologik-pedagogik omillari sanogen tafakkurning motivatsion, refleksiv va operatsion ko‘nikmalarini real vaziyatlar modellari imitatsiyasi asosida aniqlashtirilgan;
pedagogik faoliyatga kasbiy moslashuvchanlik jarayonining integrativligini ta’minlash mezonlari asosida talabalarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish mazmuni aniqlashtirilgan;
talabalarda bag‘rikenglikni rivojlantirish modeli adaptiv ehtiyojlarni faollashtiruvchi dars va darsdan tashqari jarayonlar, maqsadli kurslar, vebinarlar va o‘quv materiallarining ichki va tashqi (maqsadli va tizimli) integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda bag‘rikenglikni rivojlantirish texnologiyasi o‘zbek va rus tili fanlari asosida ta’limning universallik, muqobillik va variativlik shakllarini amaliyotda qo‘llash orqali o‘zaro yordam, bag‘rikenglik kabi do‘stona munosabat sifatlarni shakllantiruvchi interfaol o‘quv muhitini tashkil etish samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy pedagogik yo‘nalish talabalarida milliy an’analar asosida bag‘rikenglikni rivojlantirish vositasida o‘zbek tili va rus tili fanlaridan benchmarking vositasida yangi avlod darsliklarini yaratish texnologiyasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda bag‘rikenglikni rivojlantirishning ijtimoiy-siyosiy, milliy-ma’naviy, psixologik-pedagogik omillari sanogen tafakkurning motivatsion, refleksiv va operatsion ko‘nikmalarini ta’minlashga doir doir takliflardan tibbiy pedagogika bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun “O‘zbek tili” darsligi mazmuniga singdirilgan (Buxoro davlat tibbiyot institutining 2021 yil 20 maydagi 03№1724–son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni interfaol ta’limga tayyorlash jarayoni samaradorligini oshirishga erishilgan;
pedagogik faoliyatga kasbiy moslashuvchanlik jarayonining integrativligini ta’minlash mezonlari emotsional–motivatsion, kognitiv, qadriyatli yondashuv asosida talabalarda kasbiy sifatlarni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalardan OT–F8 –214 raqamli “Talabalarni kasbiy va shaxsiy ijtimoiylashtirish” (2017–2021 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Buxoro davlat tibbiyot institutining 2021 yil 20 maydagi 03№1724–son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni pedagogik faoliyatga kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi oshirilgan;
talabalarda milliy an’analar asosida bag‘rikenglikni rivojlantirish texnologiyasi o‘zbek va rus tili fanlari asosida pedagogik faoliyatni bosqichma–bosqich loyihalashga asoslangan modellashtirish algoritmi asosida takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalardan ITD–4–122 raqamli “Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish” (2019–2021 yy.) loyihasi doirasida amaliyotga tatbiq etilgan (Buxoro davlat tibbiyot institutining 2021 yil 20 maydagi 03№1724–son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorgarligini jadallashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarda bag‘rikenglikni rivojlantirish texnologiyasi o‘zbek va rus tili fanlari asosida ta’limning universallik, muqobillik va variativlik shakllarini amaliyotda qo‘llash orqali o‘zaro yordam, bag‘rikenglik kabi do‘stona munosabat sifatlarni shakllantiruvchi interfaol o‘quv muhitini tashkil etishga doir taklif va tavsiyalardan “O‘zbek tili” va “Rus tili” darslarining samaradorligini oshirishda foydalanilgan (Buxoro davlat tibbiyot institutining 2021 yil 20 maydagi 03№1724–son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda bag‘rikenglikni rivojlantirish texnologiyasi takomillashtirilgan.