Ergashev Dilmurod Adiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xloratlar va fiziologik faol moddalar asosida kompleks ta’sir etuvchi defoliant olish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T176.
Ilmiy rahbar: Tuxtaev Saydiaxral, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor; Isabaev Zikrilla, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Navbahor» koni dolomitidan kal`siy-magniy xlorati preparatini va u asosida kompleks ta’sir etuvchi karbamid va etilenprodusentlarni qo‘shish yo‘li bilan yangi defoliant olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
import bishofit o‘rniga mahalliy «Navbahor» dolomitini xlorid kislotasi yordamida parchalab olingan mahsulot asosida yangi kal`siy-magniy xloratli preparat olish imkoniyatlari aniqlangan va prinisipial texnologik tizimi ishlab chiqilgan;
kal`siy-magniy xloratlari va xloridlari, karbamid, etanol, 2-xlor-etilfosfon hamda sirka kislotalarining monoetanolaminli birikmalari ishtirokidagi murakkab suvli sistemalardagi geterogen fazaviy muvozanat aniqlanib, ularning politermik eruvchanlik diagrammalari qurilgan va uchta yangi birikma hosil bo‘lishi kimyoviy, fizik-kimyoviy usullar yordamida isbotlangan;
kal`siy-magniy xloratli preparati, karbamid, etanol, etilatsetat, atsetat monoetanolamin asosida yangi kompleks ta’sir etuvchi defoliant olishda komponentlarning maqbul nisbatlari asosida texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
olingan “Fandef-a’lo” defoliantining tarkibi kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarda tahlil qilingan, unga ko‘ra tarkibida 34,0÷36,0%Ca(ClO3)2+Mg(ClO3)2, 8,0÷10,0%CO(NH2)2, 4,0÷8,0%C2H5OH va 0,2÷0,4%C4H8O2 (yoki SN3SOON·NH2C2H4OH) saqlashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kal`siy-magniy xloratli preparat, karbamid va etilen xosil qiluvchi birikmalar asosida kompleks ta’sir etuvchi defoliant olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Fandef-a’lo» preparati O‘zbekiston Respublikasi Davlat kimyo komissiyasi tomonidan qishloq xo‘jaligida qo‘llash uchun ro‘yxatga olingan (2017 yil 6 yanvardagi 1A1253 raqamli ma’lumotnoma). Ushbu preparatni o‘rta tolali g‘o‘za navlariga 50–60% ko‘saklar ochilganda, defoliant sifatida 6,0–7,0 l/ga miqdorda qo‘llash imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan atrof-muhit muhofazasi va aholi sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (10.05.2016 yil, №012-3/0292). Natijada «Fandef-a’lo» defoliantining o‘tkir zaharlilik ko‘rsatkichi IV sinfga mansubligi hamda faqat teri qatlamlariga o‘ta kuchsiz ta’sir etish imkonini bergan;
yangi «Fandef-a’lo» defoliantni olish texnologiyasi «Fargʻonaazot» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2017 yil 17 noyabrdagi 01/3-5853/A-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za barglarining to‘kilishini va ko‘saklarning pishib ochilishini tezlashtiruvchi 1950 kg “Fandef-a’lo” defolianti ishlab chiqarilgan, hozirda ishlatilayotgan suyuq magniy xlorat defoliantiga nisbatan paxtadan 1,5–2,0 s/ga ortiq hosil olish imkonini bergan;
Navoiy dolomitidan kal`siy-magniy xloridlarini eritmasini olish texnologiyasini yaratish va uning asosida yangi polifunksional ta’sirli defoliantning tajriba sanoat namunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha X-Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida Navoiy «Elektrokimyozavod» QK-AJ bilan xo‘jalik shartnomasi tuzilgan (2017 yil 24 martda 86 raqam bilan ro‘yxatga olingan). Natijada chetdan keltirilayotgan bishofit o‘rniga mahalliy xomashyo “Navbahor” dolomitidan foydalanish orqali yana bitta yangi kompleks ta’sir etuvchi defoliant ishlab chiqarish imkoniyatini bergan.