Erkulova Feruza Melikuzievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i “9-11-sinf o‘quvchilarining ingliz tilida grammatik kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3. PhD/Ped1839.
Ilmiy rahbar: Misirov Soxibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Uluqov Nosirjon Muxammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 9-11-sinf o‘quvchilarining ingliz tilida grammatik kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida rivojlantirish metodikasi va texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning ingliz tilida reproduktiv va reseptiv grammatikasini rivojlantirish mezonlari modellashtirish va loyihalashtirishga doir o‘quv materiallariga konsentrizm tamoyillarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning grammatik kompetensiyasini rivojlantirishda o‘zbek, rus va ingliz tillarida yuzaga keladigan til ichki va tillaro qiyinchilik (interferensiya va transpozisiya) hamda grammatik xatolarni kommunikativ yo‘nalganlik va ongli o‘zlashtirish tamoyillarini qo‘llash orqali bartaraf etish usuli ishlab chiqilgan;
ingliz tili grammatikasini induktiv va deduktiv usulda o‘rgatishda o‘quvchilarning grammatik kompetensiyasini rivojlantirish mazmuni integrativ-fasilitatsion ta’lim strategiyalariga doir o‘quv topshiriqlarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning ingliz tilida tinglab tushunish (listening), gapirish (speaking), o‘qish (reading) va yozish (writing) kabi nutqiy faoliyat turlarini o‘rgatish jarayonida grammatik kompetensiyani rivojlanganlik darajasi diagnostikasini hamda o‘quvchilarning kommunikativ grammatik kompetensiyasini faollashtirish mexanizmlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 9-11-sinf o‘quvchilarining ingliz tilida grammatik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasiga doir tadqiqot natijalaridan:
o‘quvchilarning ingliz tilida reproduktiv va reseptiv grammatikasini metodik tayyorlash bosqichlarini modellashtirish, loyihalashtirishga doir ilmiy-nazariy asoslangan takliflardan ingliz tilida grammatik kompetensiyani integrativ yondashuv asosida rivojlantirishga doir “Super Grammar” nomli elektron dastur ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 28 dekabrdagi 01/11-1/5-1813-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida 9-11-sinf o‘quvchilarining grammatik kompetensiyasini V1 va V2 darajalarda egallanishiga erishilgan;
o‘quvchilarning grammatik kompetensiyasini rivojlantirishda o‘zbek, rus va ingliz tillarida yuzaga keladigan til ichki va tillararo semantik, funksional va formal xatolarni oldini olish tamoyillarini takomillashtirishni ta’minlovchi didaktik materiallar mazmuni, ulardan foydalanish metodikasiga doir ilmiy-metodik maqolalar, o‘quvchilarning grammatik kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiladigan “Reading through grammar, grammar through reading” va “Teens’ Grammar” nomli qo‘llanmalarni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 28 dekabrdagi 01/11-1/5-1813-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida o‘quvchilarning grammatik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi ta’minlangan;
9-11-sinf o‘quvchilariga ingliz tili grammatikasini induktiv va deduktiv usulda o‘rgatishda qoida-ko‘rsatma va qoida-umumlashma usullaridan foydalangan holda grammatik kompetensiyani rivojlantirishni ta’minlovchi metodik materiallarga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan, “Biz tomonlarda...”, “Yangi davr”, “Islohot odimlari” nomli eshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan va tadqiqot yuzasidan interv`yular efirga uzatilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 17 yanvardagi 14-01-37-son ma’lumotnomasi). Natijada, 9-11-sinf o‘quvchilarining ingliz tilida grammatik kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida rivojlantirish metodikasi ommalashtirilgan;
maktab o‘quvchilariga ingliz tili grammatikasini o‘rgatish jarayonini umumevropa CEFR malaka talablari asosida olib borish, nutq ko‘nikmalarini rivojlanish darajasi diagnostikasi aniqlanib, Namangan davlat universitetida 2015-2019 yillarda bajarilgan “UZDOC 2.0: Furthering the Quality of Doctoral Education at Higher Institutions in Uzbekistan) (2016-1BE-EPPKA2-CBHE-SP) nomli loyihaning tajriba-sinov ishlari jarayonida ingliz tilini o‘qitishda grammatik kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar ishlab chiqishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 28 martdagi 02-07-826-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitishda grammatik kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar tizimini ishlab chiqish metodologiyasi takomillashtirilgan.