Mirzakarimova Maxliyoxon Madaminjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim fanlarini tadbirkorlikka yo‘naltirib o‘qitishning didaktik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped.1762.
Ilmiy rahbar: Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukurullo Qo‘ldashevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xujamberdieva Shaxnoza Kupaysinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim fanlarini tadbirkorlikka yo‘naltirib o‘qitishning didaktik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umuta’lim fanlarini tadbirkorlikka yo‘naltirib o‘qitishni rivojlantirish jarayoni tuzilmasi xalqaro baholash dasturi talablarini milliy o‘qitish tizimi bilan o‘zaro uyg‘unligining konseptual qoidalarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda tadbirkorlik tushunchalarini rivojlantirish va diagnostika qilishning innovatsion pedagogik mexanizmlari tizimli, integratsion, kompetensiyaviy yondashuvlarning funksional aloqadorligini operatsion modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim fanlarini tadbirkorlikka yo‘naltirib o‘qitishning didaktik ta’minoti o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga oid amaliy usullardan hamkorlikdagi faoliyatga tayyorgarlik, tadbirkorlik sifatlarini qaror topishi, mustaqil tadbirkorlik faoliyatini olib borishga tayyorgarligining barqarorligini  hisobga  olish  asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim fanlarini tadbirkorlikka yo‘naltirib o‘qitishning amaliy komponenti tadbirkorlikka doir mantiqiy,  kreativ  va tanqidiy fikrlashga o‘rgatishga doir vaziyatli-tahliliy interfaol topshiriqlarni optimal qo‘llashga yo‘naltirilgan “effektivlik konsepsiyasi” ta’lim mexanizmini ishlab chiqish asosida  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim fanlarini tadbirkorlikka yo‘naltirib o‘qitishning didaktik asoslarini takomillashtirishga  doir tadqiqot natijalari asosida:
umuta’lim fanlarini tadbirkorlikka yo‘naltirib o‘qitishni rivojlantirish jarayoni tuzilmasi xalqaro baholash dasturi talablarini milliy o‘qitish tizimi bilan o‘zaro uyg‘unligining konseptual qoidalarilarini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflardan pedagogika ta’lim sohasining Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 89-03-5425-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim fanlarini tadbirkorlikka yo‘naltirib o‘qitishda o‘quvchilarda tadbirkorlik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda tadbirkorlik tushunchalarini rivojlantirish va diagnostika qilishning innovatsion pedagogik mexanizmlari  tizimli, integratsion, kompetensiyaviy  yondashuvlarning funksional aloqadorligini operatsion modellashtirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 89-03-5425-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga, hayotiy faoliyatga tayyorlash jarayonida ularda tadbirkorlik sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari yuzaga kelgan;
umumta’lim fanlarini tadbirkorlikka yo‘naltirib o‘qitishning didaktik ta’minoti o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga oid amaliy usullardan hamkorlikdagi faoliyatga tayyorgarlik, tadbirkorlik sifatlarini qaror topishi, mustaqil tadbirkorlik faoliyatini olib borishga tayyorgarligining  barqarorligini  hisobga  olish  asosida takomillashtirishga hamda umumta’lim fanlarini tadbirkorlikka yo‘naltirib o‘qitishning amaliy komponenti  tadbirkorlikka doir mantiqiy,  kreativ  va tanqidiy fikrlashga o‘rgatishga doir vaziyatli-taxliliy interfaol topshiriqlarni optimal qo‘llashga yo‘naltirilgan “effektivlik konsepsiyasi” ta’lim mexanizmlarini ishlab chiqish  asosida  takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 2016-2017 yillarda bajarilgan YoA-2-2 raqamli “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda rivojlantirishda mikrokredit tashkilotlarining tutgan o‘rni va ahamiyati (huquqiy islohotlar tajribasi: muammo va echimlar)” mavzusidagi amaliy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 89-03-5425-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishlarini oshirishga va tadbirkorlikka doir savodxonligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish