Axmadjonova Qizlarxon Qobiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga chet tilni o‘rgatishda mul`timedia ilovalaridan foydalanish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1638.
Ilmiy rahbar: To‘xtaeva Qo‘ysin Davlatovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna, filologiya fanlari doktori, professor; Akbarova Shahnoza Hikmatullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga chet tilni o‘rgatishda mul`timedia ilovalaridan foydalanish texnologiyasini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida chet tillarni o‘rgatishda xalqaro CEFR talablari va “Ilk Qadam” davlat dasturi doirasida (A0: Listening and Speaking) gapirish va tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim mazmuni ausentik materiallarni kiritish yordamida takomillashtirilgan;
tarbiyalanuvchilarning imprinting, senzitiv, motivatsion va imitatsion kabi yosh va psixologik xususiyatlariga mos TPR (Total Physical Response) metodi orqali ingliz tilini oson o‘zlashtirishiga qaratilgan hamkorlikda ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanyvchilariga ingliz tili faol leksikasini o‘rgatishga qaratilgan semantik (semantic), strukturaviy (formal) va funksiyaviy (usage) tamoyillar asosida 100 ta faol leksik minimum (active vocabulary minima) ishlab chiqilgan;
tarbiyalanuvchilarga ingliz tili faol leksikasini o‘rgatishga qaratilgan didaktik ta’minot ingliz tili mashg‘ulotlariga she’r (rhyme), qo‘shiq (song) va ertak (fairy tails) kabi samarador texnologiyalarini kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga chet tilni o‘rgatishda mul`timedia ilovalaridan foydalanish texnologiyasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning imprinting, senzitiv, motivatsion va imitatsion  kabi yosh va psixologik xususiyatlari o‘rganib chiqib, chet tilini oson o‘zlashtira olishlarini  aniqlashga, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida chet tillarni o‘rgatishda zamonaviy chet til o‘qitishga qo‘yiladigan xalqaro CEFR talablari va “Ilk Qadam” davlat dasturi doirasida tarbiyalanuvchilarga qo‘yiladigan talablar (A0: Listening and Speaking) gapirish va tinglab tushunish ko‘nikmalari bo‘yicha asoslashga doir tavvsiyalar “Happy Kindergarten” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Metodik hamda didaktik ta’minotga doir tavsiyalardan Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari maktabgacha ta’lim boshqarmasining hududiy bo‘limlarida 2019-2021 yillarda ishlab chiqilgan chet tillar o‘qitish bo‘yicha o‘quv dasturlarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 17-dekabrdagi 02-03/2-3153-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ingliz tilida leksik kompetensiyasini A0 darajada (Listening and Speaking) egallanishiga erishilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanyvchilariga  ingliz  tili faol leksikasini o‘rgatishda semantik (semantic), strukturaviy (formal) va funksiyaviy (usage) tamoyillarini takomillashtirish orqali tarbiyalanuvchilarning ingliz tili 100 ta faol leksik minimumini (active vocabulary minima) ishlab chiqishdagi didaktik materiallarning mazmuniga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Minbar» nomli ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy  teleradiokompaniyasining 2022 yil 18 martdagi 01-15-198-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ingliz tilida faol leksik kompetensiyasini shakllantirish metodikasi ommalashtirilgan;
tarbiyalanuvchilarga ingliz tili faol leksikasini o‘rgatishda she’r (rhyme), qo‘shiq (song) va ertak (fairy tails) texnologiyalaridan foydalanib  ingliz tili mashg‘ulotlari uchun mul`timedia ilovasini yaratishda metodik va didaktik ta’minotni rivojlantirishga doir “Bolalar uchun ingliz tilida mul`timediali elektron dastur” ilovasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 17 dekabrdagi 02-03/2-3153-son ma’lumotnomasi.). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ingliz tilini qiziqarli va oson  o‘zlashtirishlari borasida samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish