Tojiev Rustambek Rasulovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Karaumbet va Borsakelmas ko‘llari rapalaridan bishofit olish texnologiyasini yaratish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T174.

Ilmiy rahbar: Mirzakulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.

Rasmiy opponentlar: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori; Kaipbergenov Atabek Tulepbergenovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Karaumbet va Borsakelmas ko‘llari rapalarini «Qo‘ng‘irod soda zavodi» UK chiqindisi – distiller suyuqligi bilan sul`fatsizlantiruvchi reagent sifatida ishlatgan holda bishofit ishlab chiqarishning maqbul texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor bir paytning o‘zida soda ishlab chiqarish chiqindisi – distiller suyuqligini utilizatsiyalash yo‘li bilan Karaumbet va Borsakelmas ko‘llari rapalarini magniy xloridga kompleks qayta ishlash usuli ishlab chiqilgan;

texnologik omillarning rapalarni sul`fatsizlantirish, reologik xossalari va tarkibiga ta’siri aniqlangan;

sul`fatsizlantirilgan rapalarni  qoldiq sul`fat va kal`siydan tozalash jarayoni samaradorligini oshirishning texnik echimlari ishlab chiqilgan;

Karaumbet va Borsakelmas ko‘llari rapalarini qo‘shimcha kimyoviy cho‘ktirilgan gips, kal`siy karbonat, galit olish bilan magniy xloridga qayta ishlashning kompleks va samarador texnologiyasi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Karaumbet va Borsakelmas ko‘llari rapalarini magniy xloridga kompleks qayta ishlash texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

tarkibida natriy va magniy xlorid va sul`fat tuzlari bo‘lgan tabiiy rapani qayta ishlash usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 04356). Natijada natriy va magniy xlorid va sul`fat tuzlari bo‘lgan rapalarni distilyasiya suyuqligi bilan sul`fatsizlantirish, eritmani kal`sinatsiyalangan soda bilan chuqur tozalash, bug‘latish va natriy xloridni ajratish orqali magniy xlorid olish imkonini bergan;

Karaumbet va Borsakelmas ko‘llari rapalarini sul`fatlar, kal`siy, natriydan tozalash, galitni ajratib olish va kristall magniy xlorid olish texnologiyasi «Farg‘onaazot» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2017 yil 1 dekabrdagi 01/3-6016/P-son ma’lumotnomasi). Natijada import o‘rnini bosuvchi va eksportbop kimyoviy mahsulot olish, sanoatni qimmatbaho kimyoviy xomashyo bilan ta’minlash, valyuta zaxirasini tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish