Sabirova Gulnoza Sadikovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktab o‘quvchilarini Veb 2.0 texnologiyalari asosida nutq faoliyati turlariga o‘qitishning lingvodidaktik asoslari (ingliz tili)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2019.1.DSc/Ped100.
Ilmiy maslahatchi: Axmedova Laylo Tolibjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Xurshid Abdurashidovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Rashidova Feruza Musaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II.Tadqiqotning maqsadi Veb-texnologiyalarni qo‘llash orqali maktab o‘quvchilarining ingliz tilidagi nutqiy kompetensiyasini shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktab ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy Veb kompetensiyasini rivojlantiruvchi tashkiliy-pedagogik tuzilmasi mazmuniga texnik, pedagogik, kommunikativ, refleksiv va ijodiy komponentlarni kiritish orqali kasbiy Veb kompetensiya kvalimetriyasi takomillashtirilgan;
Veb 2.0 texnologiyalar asosida maktab o‘quvchilarining chet tilidagi nutqiy kompetensiyasini shakllantirishning metodik modeli real muloqot muhitini tarmoqli texnologiyalarda taqdimot, audio va video hisobot, TV shou, maktab gazeta loyihalarini yaratish orqali takomillashtirilgan;
Google classroom elektron platformasi bazasida maktab o‘quvchilarining chet tilidagi nutqiy kompetensiyasini shakllantirishning metodik ta’minoti podkast, viki, blog, Google forms texnologiyalarni axborot-yo‘naltiruvchi, analitik va konstruktiv-ijodiy vazifalarga integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida ingliz tilini o‘qitish metodikasi o‘quvchilarning tinglab tushunish, o‘qish, gapirish va yozish kompetensiyalarini bloglar, viki, podkastlar kabi Veb 2.0 tarmoqli texnologiyalar yordamida rivojlantirishga qaratilgan didaktik va metodik materiallarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
texnik, pedagogik, kommunikativ, refleksiv va ijodiy komponentlardan iborat bo‘lgan ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy Veb-kompetensiyasining shakllanganlik darajasi SEFR darajalari asosida A (elementar bilish), V (mustaqil bilish), S (erkin bilish) deskriptorlarini ishlab chiqish orqali aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab o‘quvchilarini Veb 2.0 texnologiyalari asosida nutq faoliyati turlariga o‘qitish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
umumta’lim maktab ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy Veb kompetensiyasini rivojlantiruvchi tashkiliy-pedagogik tuzilmasi mazmuniga texnik, pedagogik, kommunikativ, refleksiv va ijodiy komponentlarni kiritish orqali kasbiy Veb kompetensiya kvalimetriyasiga oid xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining MUZ-2015-0908164325 raqamli “Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini ingliz tiliga o‘qitishning kommunikativ-kumulyativ usuli negizidagi samarali texnologiyalari” amaliy loyihasiga joriy etilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 6 iyuldagi 01/15-09/04 – son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan nazorat-tashhislovchi apparat natijasida maktab o‘quvchilarining chet tili nutqiy kompetensiyasining shakllanganlik darajasini aniqlashga xizmat qilgan;
Veb 2.0 texnologiyalar asosida maktab o‘quvchilarining chet tilidagi nutqiy kompetensiyasini shakllantirishning metodik modeliga oid xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining XTI 2015-1 raqamli “Boshlang‘ich sinflarda chet tillarini o‘qitishning samarali metodikalarni yaratish va joriy etish” loyihasida foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 6 iyuldagi 01/15-09/05 – son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotning o‘quvchilarda axborot-kommunikatsion kompetensiyasini o‘sishiga xizmat qilgan;
axborot-yo‘naltiruvchi, analitik-bajaruvchi va konstruktiv-ijodiy mashqlar turlarini bosqichma-bosqich bajarilishida GoogleClassroom elektron platformasi bazasidagi maktab o‘quvchilarining chet tilidagi nutqiy kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha mashqlar tizimi Toshkent shahri, Sirdaryo, Farg‘ona va Samarqand viloyatlaridagi umumta’lim maktablarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligining 2020 yil 25 dekabrdagi 02-02/4-1686-sonli ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan mashqlar tizimini joriy qilish maktab o‘quvchilarida chet tili nutqiy kompetensiyani shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
A (elementar bilish), V (mustaqil bilish), S (erkin bilish) darajalariga ajratilgan, texnik, pedagogik, kommunikativ, refleksiv va ijodiy komponentlardan iborat bo‘lgan ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy Veb-kompetensiyasining shakllanganlik darajasining deskriptorlari T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining XTI 2015-1-raqamli “Boshlang‘ich sinflarda chet tilini o‘qitish bo‘yicha samarali metodikalarni ishlab chiqish va joriy etish” innovatsion loyihasiga joriy etilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 6 iyuldagi 01/15-09/05 – son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili o‘qituvchilarida kasbiy Veb-kompetensiyalar shakllantirilib, ular ingliz tilini o‘qitish jarayoniga zamonaviy Internet-texnologiyalarini integratsiya qilishga xizmat qilgan.