Eshonqulov Sherzod Ummatovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Elektron ta’lim muhitida talabalarning loyihalash kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2935.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Isyanov Ravil Gennad`evich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Kayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligi ochiq hamda interfaol muloqotni ta’minlovchi elektron ta’lim muhitining tarkibiy-funksional, kontentli, texnologik va kommunikatsion komponentlariga bulutli texnologiyalarni qo‘llash, variatsion hamda xususiylikdan umumiylikka moslashtirishga qaratilgan rivojlantiruvchi individual topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarni loyihalash faoliyatiga tayyorgarligi shaxsiy xususiyatlari, boshlang‘ich tayyorgarlik darajasi, loyihalash kompetentligini shakllantirish jarayonini individuallashtirishga imkon beruvchi fasilitatsion ta’sir traektoriyasini o‘zgargan sharoitlarga kasbga yo‘naltiruvchi-adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligi muammoli-modulli va freymli pedagogik texnologiyalar kooperatsiya, kollaboratsiya va refleksiya konstruktivligi darajasini faraz hamda vazifalarga mushtarakligini texnologik jarayonlar kontekstida aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentli fanlararo gorizontal, vertikal integratsion tashkiliy-boshqaruv hamda pedagogik kasbiy faoliyat turlariga trenaj tayyorgarlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash va didaktik mobil ilovalariga variativ ierarxik uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligi ochiq hamda interfaol muloqotni ta’minlovchi elektron ta’lim muhitining tarkibiy-funksional, kontentli, texnologik va kommunikatsion komponentlariga bulutli texnologiyalarni qo‘llash, variatsion hamda xususiylikdan umumiylikka moslashtirilgan individual topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Qurilishda axborot texnologiyalari” nomli darslik ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i bilan berilgan 418-366-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, talabalar loyihalash kompetentligini rivojlantirish imkonini yaratgan;
bo‘lajak muhandislarni loyihalash faoliyatiga tayyorgarligi shaxsiy xususiyatlari, boshlang‘ich tayyorgarlik darajasi, loyihalash kompetentligini shakllantirish jarayonini individuallashtirishga imkon beruvchi fasilitatsion ta’sir traektoriyasini o‘zgargan sharoitlarga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124-raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteninig 2021 yil 28 sentyabrdagi 02-07-2637-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligini rivojlantirishni amalga oshirishning metodik shart-sharoitlarini aniqlash imkoni oshirilgan;
bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligi muammoli-modulli va freymli pedagogik texnologiyalar kooperatsiya, kollaboratsiya va refleksiya konstruktivligi darajasini faraz hamda vazifalarga mushtarakligi, mosligini texnologik jarayonlar kontekstida aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Qurilishda axborot texnologiyalari” nomli darslik ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i bilan berilgan 418-366-sonli nashr ruxsatsnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarda loyihalash kompetentligini rivojlantirishni muammoli-modulli va freymli texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish imkoni yaratilgan.
bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentli fanlararo gorizontal, vertikal integratsion tashkiliy-boshqaruv hamda pedagogik kasbiy faoliyat turlariga trenaj tayyorgarlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash va didaktik mobil ilovalariga variativ ierarxik uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar asosida “Qurilishda axborot texnologiyalari” nomli darslik ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i bilan berilgan 418-366-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada elektron ta’lim muhitida talabalarning loyihalash kompetentligini rivojlantirish samaradorli oshgan.