Xo‘jamkeldiev G‘afur Sulton o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta masofaga yuguruvchi sportchilarning yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlar jarayonlarida tiklovchi vositalardan foydalanish samaradorligi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2036.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Olimov Muxsinbek Sotvoldievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratilla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, dotsent; Abdullaev Mexriddin Junaydulloevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlari va musobaqa jarayonlarida o‘rta masofalarga yuguruvchilarni tiklovchi vositalar yordamida ish qobiliyatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mashg‘ulot yuklamalarini bajarishda o‘rta masofaga yuguruvchilar organizmida yuzaga keladigan charchoq holatini inobatga olib tiklovchi relaksatsion mashqlarni (elka kamari va bo‘yin mushaklari, qo‘l mushaklari, oyoqning son mushaklari hamda boldir mushaklari uchun mashqlar majmuasi) yotgan holda takroriy, dam olish oraliqli usullarini qo‘llash orqali keyingi mashg‘ulotlarga tayyorlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
musobaqaning dastlabki, yarim final va final bosqichlari oralig‘ida “Somfort plus DM-2100” uskunasi yordamida beriladigan elektroimpul`slar ta’sirida o‘rta masofaga yuguruvchilarning tana mushaklarini bo‘shashtirish va taranglashtirish natijasida mushak hujayralaridagi energiya almashinuvini jadallashtirish evaziga organizmni keyingi yuklamaga faol tiklanish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
o‘rta masofaga yuguruvchilarni individual jismoniy va funksional tayyorgarligi bo‘yicha mashqlar orasidagi dam olish oraliq vaqt nisbatlarini bosib o‘tgan masofasi bo‘yicha to‘liq, qattiq, ekstremal intervallarni harakatning asosiy aktini o‘zgartirmagan holda qo‘llash hisobiga organizmning keyingi mashqqa tiklash imkoniyatlari oshirilgan;
tayyorgarlikning o‘tish davrida mashg‘ulot va musobaqa jarayonlarida o‘rta masofaga yuguruvchilarda yuzaga keladigan charchoq bosqichlarini inobatga olib, suzish vositalari orqali nafas mashqlari, o‘pkaning tiriklik sig‘imi, muskullarni cho‘zish va velosport vositalarini yurak mushaklarini zo‘riqishga almashinuvchi xarakterda bo‘lgan yuklamada bir tartibning o‘zida ko‘p marotaba takrorlash hisobiga tromblar va varikoz shakllanishi xavfini kamaytirish imkoniyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sport ixtisoslashuv guruhi o‘rta masofaga yuguruvchilarining mashg‘uloti jarayonida va musobaqa faoliyatida qo‘llanilgan tiklovchi vositalarni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
mashg‘ulot yuklamalarini bajarishda organizmda yuzaga keladigan charchoq holatini inobatga olib tiklovchi relaksatsion mashqlarni yotgan holda takroriy dam olish oraliqli usulida qo‘llash orqali keyingi mashg‘ulotlarga tayyorlash bo‘yicha takliflar «Yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari (Engil atletika)» nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘iga asosan 434-316 raqamli guvohnoma). Natijada sportchilarning jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ko‘krak qafasi aylanasi nafas olganda 2,91 % ga, ko‘krak qafasi kengligi nafas chiqarganda 2,74 % ga, ko‘krak qafasi kengligi tinch holatda 2,37 % ga, son aylanasi 3,21 % ga va boldir aylanasi 1,64 % ga o‘sishi kuzatilgan;
o‘rta masofaga yuguruvchilarni musobaqa jarayonida dastlabki bosqich, yarim final va final bosqichlari oralig‘ida “Somfort plus DM-2100” uskunasi yordamida tana mushaklari uchun beriladigan elektroimpul`slar ta’sirini bo‘shashtirish va taranglashtirishga qaratilgan pereferik tiklovchi organlar hujayralarida energiya almashinuvini tartibga solish evaziga organizmni keyingi holat uchun tezroq tiklash imkoniyatlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar Engil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 16 noyabrdagi 04-17-02/10577-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta masofaga yuguruvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha 400 m.ga yugurishda 1,21 % ga, 600 m.ga yugurishda 3,81 % ga, 800 m. ga yugurishda 3,69 % ga, 1000 m.ga yugurishda 6,17 % ga va JTUSda 31,41 % ga o‘sishi kuzatilgan;
o‘rta masofaga yuguruvchi sportchilarni individual jismoniy va funksional tayyorgarligi bo‘yicha mashqlar orasidagi dam olish oraliq vaqt nisbatlarini bosib o‘tgan masofasi bo‘yicha to‘liq, qattiq, ekstrimal intervallarni harakatning asosiy aktini o‘zgartirmagan holda qo‘llash hisobiga organizmning keyingi mashqga tiklash bo‘yicha taklif va tavsiyalar «Engil atletikani o‘rgatish metodikasi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 437-son buyrug‘iga asosan 437-297 raqamli guvohnoma). Natijada esa sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha 100 m. ga yugurishda 0,49 % ga, 3000 m.ga yugurishda 9,34 % ga va J3HS 33,20 % ga o‘sishi kuzatilgan;
o‘tish davrida mashg‘ulot va musobaqa jarayonida yuzaga keladigan charchoq bosqichlarini inobatga olib suzish vositalari orqali nafas mashqlari, o‘pkaning tiriklik sig‘imi, muskullarni cho‘zish va velosport vositalarini yurak mushaklarini zo‘riqishga almashinuvchi harakterda bo‘lgan yuklamada bir tartibning o‘zida ko‘p marotaba takrorlash hisobiga tromblar va varikoz shakllanishi xavfini kamaytirish imkoniyatini oshirish bo‘yicha takliflar Toshkent viloyati Chirchiq shahri 1-son bolalar-o‘smirlar sport maktabiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 16 noyabrdagi 04-17-02/10577-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot yakunida sportchilarning organizmini tiklanish holatini tuzilishi mashg‘ulot boshida 4,33 % ga, chigal yozdi mashqlardan keyin 9,40 % ga, asosiy qismdan keyin 5,57 % ga, mashg‘ulotdan keyin 10,52 % ga o‘sishi kuzatilgan.