Sadikov Rustam Mansurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lingvometodik kompetentligini shakllantirish metodikasi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1 PhD/Ped1387.
Ilmiy rahbar: Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Rozanna Mirzatullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSs), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lingvometodik kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning lingvometodik kompetentligi syujetli matnlarning kommunikativ, shaxsiy va kasbiy fazilatlarga uyg‘unligini rivojlantiruvchi o‘quv vaziyatlarining metodik xarakterdagi maxsus didaktik jarayonlarga pedagogik ta’sir imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lingvometodik kompetentligini shakllantirish metodikasi ilmiy matnning mantiqiy va uslubiy jihatlarini birlashtirish, denotativ-predikativ tahlilni o‘z ichiga olgan matnli topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lingvometodik kompetentligini shakllantirish modeli funksional nutq navlari, yozuvning ichki tuzilishi, nutq ko‘nikmalarini shakllantirish darajasining diagnostik ma’lumotlarini ta’lim jarayonining texnologik konstruksiyalariga bosqichma-bosqich uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lingvometodik kompetentligi eksperimental darslar, nutq va tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi-kognitiv qarashlar, usullar hamda interaktiv va texnologik omillar transformatsiyasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lingvometodik kompetentligini shakllantirish bo‘yicha olingan natijalar:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning lingvometodik kompetentligi syujetli matnlarning kommunikativ, shaxsiy va kasbiy fazilatlarga uyg‘unligini rivojlantiruvchi o‘quv vaziyatlarining metodik xarakterdagi maxsus didaktik jarayonlarga pedagogik ta’sir imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida “Ona tili praktikumi” (“Rodnoy yazik praktikum”) nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i asosida berilgan 110-160 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining lingvometodik kompetentligi shakllantirish metodikasini takomillashtirish imkoniyati oshirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lingvometodik kompetentligini shakllantirish metodikasi tanqidiy tafakkurini rivojlantirish, samarali va ongli o‘qish va baholash texnologiyalari, ilmiy matnning mantiqiy va uslubiy jihatlarini birlashtirish, denotativ-predikativ tahlilni o‘z ichiga olgan matnli topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 31 martdagi 02-07-884/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining lingvometodik kompetentligini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lingvometodik kompetentligini shakllantirish modeli funksional nutq navlari, yozuvning ichki tuzilishi, nutq ko‘nikmalarini shakllantirish darajasining diagnostik ma’lumotlarini ta’lim jarayonining texnologik konstruksiyalariga o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ona tili praktikumi” (“Rodnoy yazik praktikum”) nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110 son buyrug‘i asosida berilgan 110-160 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lingvometodik kompetentligini shakllantirish modeli takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lingvometodik kompetentligi eksperimental darslar, nutq va tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi-kognitiv qarashlar, usullar hamda interaktiv va texnologik omillar transformatsiyasi asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 31 martdagi 02-07-884/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida lingvometodik kompetensiyaning shakllanish darajasini aniqlash imkoni oshgan.