Djumaeva Hulkarxon Muhammadjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni globallashuv jarayonida ichki tahdidlardan himoyalash texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1348.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharapovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Quronov Muhammadjon Quronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni globallashuv jarayonida ichki tahdidlardan himoyalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni ichki tahdidlardan himoyalashda ulardagi konformizm (o‘xshashlik, mos kelishlik, moslashuvchanlik)ni shaxs mustaqilligi va tashkilotchiligi kabi xususiyatlarining ta’lim-tarbiyaviy jarayonda namoyon bo‘lish dinamikasi barqarorligini sinxron ta’minlashda ichki tahdidlarni keltirib chiqaruvchi axloqiy ongida salbiy tushunchalar, tuyg‘ular, xususiyatlar va sifatlarni hosil qiluvchi illatlar majmui, talabalarni aqliy va axloqiy jihatdan buzishga qaratilgan maqsadli xatti-harakatlar, barqaror faoliyatning barcha jabhalari (o‘qish, mehnat, faoliyat) faollashuviga asoslangan yaxlit tizim sifatida rivojlanishiga imkon bermasligi kabi omillar aniqlangan;
talabalarni ichki tahdidlardan himoyalashni amalga oshirish pragmatik va didaktik tamoyillar hamda pedotsentrizm g‘oyalar (insonparvarlik, madaniy dialog, kreativ faollikni jadallashtirish)ni vizuallashgan innovatsion ta’lim texnologiyalari bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarni ichki tahdidlardan himoyalashda talabalar faoliyatini vatanparvarlikka yo‘naltirish, har qanday yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish hamda tashabbuskorlikni rivojlantirish orqali vatanga bo‘lgan e’tiqodni bosqichma-bosqich shakllantirib borish mexanizmi ishlab chiqilgan;
talabalarni globallashuv jarayonida ichki tahdidlardan himoyalashda vatanparvarlik tuyg‘ularni tiklash va ularni qo‘llab-quvvatlash komponenti moddiy va ma’naviy qadriyatli munosabatni ta’minlash hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni ichki tahdidlardan himoyalash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarni ichki tahdidlardan himoyalashda ulardagi konformizm (o‘xshashlik, mos kelishlik, moslashuvchanlik) ni shaxs mustaqilligi va tashkilotchiligi kabi xususiyatlarining ta’lim-tarbiyaviy jarayonda namoyon bo‘lish dinamikasi (irodalilik, qat’iyatlilik, mas’uliyatlilik, vatanparvarlik, e’tiqodlilik, vijdonlilik) barqarorligini sinxron ta’minlashda ichki tahdidlarni keltirib chiqaruvchi omillar (ijodiyot, ommaviy axborot vositalari, mobil` aloqa vositalari, telefonlar, kompyuterlar, saviyasiz va turli g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi kitoblar, suratlar, kino va tele fil`mlar) aniqlangan. “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” mavzusidagi o‘quv mashg‘ulotlari “Ma’naviy xurujlarga qarshi turli omil bukleti” mazmuniga talabalarni fikrlashga, ijodkorlikka, yaratuvchanlik va bunyodkorlikka rag‘batlantiruvchi ijtimoiy da’vatlar, targ‘ibot-tashviqot ishlari singdirilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 19 yanvardagi 02/07-44-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar ma’naviyatidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish, ularni ichki tahdidlardan himoyalashda o‘z-o‘zini anglash refleksini shakllantirishga xizmat qilgan;
talabalarni ichki tahdidlardan himoyalashni amalga oshirishda pragmatik va didaktik tamoyillar hamda pedotsentrizm g‘oyalar (insonparvarlik, madaniy dialog, kreativ faollikni jadallashtirish) ni vizuallashgan innovatsion ta’lim texnologiyalari bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilganligiga oid ma’lumotlardan “Ma’naviyatga tahdid-kelajakka tahdid” shiori ostida reydlar tashkil qilish” o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 19 yanvardagi 02/07-44-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar ma’naviyatini rivojlantirishda psixologik-pedagogik imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarni ichki tahdidlardan himoyalashda talabalar faoliyatini vatanparvarlikka yo‘naltirish, har qanday yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish hamda tashabbuskorlikni rivojlantirish orqali vatanga bo‘lgan e’tiqodni bosqichma-bosqich shakllantirib borish mexanizmi, talabalarni globallashuv jarayonida ichki tahdidlardan himoyalashda vatanparvarlik tuyg‘ularni tiklash va ularni qo‘llab-quvvatlash komponenti moddiy va ma’naviy qadriyatli munosabatni ta’minlash hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirishga oid ma’lumotlardan A-1-173 “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” amaliy loyihasi (2015-2017 yy.) doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2021 yil 16 sentyabrdagi 03/3550-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni qadriyatlarga asoslangan tarbiyasini shakllantirishda samaradorlikka erishilgan.