Tuxlieva Dilfuza Boqijon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6–11-sinflarida g‘azal o‘qitish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3184.
Ilmiy rahbar: Mullaxo‘jaeva Karomat Tashxo‘jaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Safo, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirov Valijon Abdurahmonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-11-sinflarida g‘azal o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘azal o‘qitish metodikasi IX–XIX asrlarda ijod qilgan sharq mutafakkirlarining she’r va shoirlik ijodkorlik mohiyati, she’riy ta’lim hamda XX asr boshlarida faoliyat olib borgan jadidlarning g‘azal o‘qitishga oid progressiv qarashlari hamda zamonaviy mutaxassislarning ilg‘or g‘oyalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
g‘azal o‘qitish metodikasini rivojlantirish tendensiyalari g‘azal tanlash, taqdim etish tamoyillari hamda g‘azal o‘qitish jarayonining milliy madaniyat bilan bevosita bog‘liq ibtidoiy kelib chiqish tarixi va doimiy rivojlanish tamoyillarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi g‘azal o‘qitishga oid mavjud ilmiy-metodik yondashuvlar tahlil hamda ilmiy-estetik tafakkurini o‘stirishga ko‘maklashishga qaratilgan epigraf, iqtiboslardan foydalanish ko‘nikmalarini dinamik rivojlantirib borish asosida takomillashtirilgan;
g‘azal o‘qitish jarayonini shakl va mazmun uyg‘unligini anglashga imkon beruvchi tahlil tizimi, usullar, savol va topshiriqlar majmui raqamlashayotgan media sharoitida milliy mentalitetga xos detal obrazlar, ularning lirik, ijtimoiy, biografik hamda adabiy-nazariy xususiyatlarini interpretatsiya qilish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida g‘azal janri namunalarini o‘qitishni takomillashtirishga oid ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
g‘azal o‘qitish metodikasi IX–XIX asrlarda ijod qilgan sharq mutafakkirlarining she’r va shoirlik ijodkorlik mohiyati, she’riy ta’lim hamda XX asr boshlarida faoliyat olib borgan jadidlarning g‘azal o‘qitishga oid progressiv qarashlari hamda zamonaviy mutaxassislarning ilg‘or g‘oyalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 25 maydagi 02-07-1420/04-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘azal janrini o‘qitish metodikasi tarixi, Sharq mutafakkirlarining ilmiy-adabiy me’rosi va mumtoz janrlarni o‘qitishga oid tajribalarning pedagogik imkoniyatlarini tahlil etishga erishilgan;
g‘azal o‘qitish metodikasini rivojlantirish tendensiyalari g‘azal tanlash, taqdim etish tamoyillari hamda g‘azal o‘qitish jarayonining milliy madaniyat bilan bevosita bog‘liq ibtidoiy kelib chiqish tarixi va doimiy rivojlanish tamoyillarini aniqlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli «Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish» nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 25 maydagi 02-07-1420/04-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘azal tanlash va taqdim etish tamoyillarini ishlab chiqish asosida g‘azal o‘qitish metodikasinin takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi g‘azal o‘qitishga oid mavjud ilmiy-metodik yondashuvlar tahlil hamda ilmiy-estetik tafakkurini o‘stirishga ko‘maklashishga qaratilgan epigraf,  iqtiboslardan foydalanish ko‘nikmalarini dinamik rivojlantirib borish asosida takomillashtirish bo‘yicha ma’lumotlar PZ-20170930393 raqamli «Alisher Navoiyning «G‘aroyib us-sig‘ar» devonidagi g‘azallarning o‘zbek va ingliz tillarida ilmiy izoh va sharhlarini yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 25 maydagi 02-07-1420/04-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘azal namunalarini o‘qitishga oid mavjud ilmiy-metodik yondashuvlar tizimini yangi qarash va metodlar asosida takomillashtirish imkoni oshirilgan;
g‘azal o‘qitish jarayonini shakl va mazmun uyg‘unligini anglashga imkon beruvchi tahlil tizimi, usullar, savol va topshiriqlar majmui raqamlashayotgan media sharoitida milliy mentalitetga xos detal obrazlar, ularning lirik, ijtimoiy, biografik hamda adabiy-nazariy xususiyatlarini interpretatsiya qilish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli «Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish» nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 25 maydagi 02-07-1420/04-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘azal o‘qitish jarayonini shakl va badiiy-estetik niyat uyg‘unligini anglashga ko‘maklashuvchi tahlillar, o‘quvchilar bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga zamin yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish