Ustaboev Abdullo Raximjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shahar jamoat yo‘lovchi transportining yo‘nalishlardagi harakati intervalini asoslash», 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2326.
Ilmiy rahbar: Nazarov Anvar Aripovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muxandislik-qurilish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon mashinasozlik instituti, PhD.03/30.09.2020.T.124.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor; Qayumov Baxromjon Abdullajonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shahar jamoat yo‘lovchi transportining yo‘nalishlardagi harakati intervalini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shahar jamoat transportini bekatlardan va svetofor ob’ektlaridan qo‘zg‘alash jarayonidagi ushlanib qolishlari va magistral` ko‘cha-yo‘l tarmoqlarida harakatlanayotganda transport vositalari bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan intervallarini ifodalash uchun teng o‘lchamli taqsimlashdan foydalanish bir xil imkoniyatga ega bo‘lgan interval uchun minimal qiymatni hisobga olgan holda asoslangan;
ko‘cha-yo‘l tarmog‘i kesmasining butun uzunligi bo‘yicha har bir jamoat yo‘lovchi transportining holatini ko‘rsatuvchi va nisbiy tezliklar hamda avtomobillarning nisbiy holati to‘g‘risidagi ma’lumot beruvchi “masofaviy-vaqt” diagrammasi shahar jamoat yo‘lovchi transporti harakat intervalini imitatsion modellashtirish natijalari asosida ishlab chiqilgan;
jamoat yo‘lovchi transporti harakatlanish intervalini “kritik vaziyatlar” uchun aniqlash usuli yo‘lovchilarni bekatda avtobuslarni kutish vaqtini asosiy mezon sifaatida qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
avtobuslarning harakat yo‘nalishlarida ishlash tartibini harakat intervalining jadval yoki interval tartibida tashkil etishni tanlash usuli yo‘lovchilarning tashish bo‘yicha talablari va yo‘lovchi transportining tashish imkoniyatlarining o‘zaro mos kelishini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shahar jamoat yo‘lovchi transportining yo‘nalishlardagi harakati intervalini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
shahar jamoat transportini bekatlardan va svetofor ob’ektlaridan qo‘zg‘alish jarayonidagi ushlanib qolishlari va magistral ko‘cha-yo‘l tarmoqlarida harakatlanayotganda transport vositalari bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan intervallarini bayon qilish uchun teng o‘lchamli taqsimlashdan foydalanishga asoslangan. (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2022 yil 17 fevraldagi 2/866-1167 sonli ma’lumotnomasi va Namangan viloyati transport boshqarmasining 2022 yil 27 yanvardagi akti). Natijada jamoat yo‘lovchi transportini harakatlanish yo‘nalishlaridagi haqiqiy ekspluatatsion tezligini aniqlash va harakat intervallarini baholash imkoniyati yaratilgan;
ko‘cha-yo‘l tarmog‘i kesmasining butun uzunligi bo‘yicha har bir jamoat yo‘lovchi transportining holatini ko‘rsatuvchi va nisbiy tezliklar hamda avtomobillarning nisbiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash uchun ishlab chiqilgan “masofaviy-vaqt” diagrammasidan foydalanish joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2022 yil 17 fevraldagi 2/866-1167 sonli ma’lumotnomasi va Namangan viloyati transport boshqarmasining 2022 yil 27 yanvardagi akti). Natijada ko‘rilayotgan yo‘l kesmasining turli harakat bo‘laklari va bekat xududlaridagi jamoat transport vositalari va avtomobillarning harakatini kuzatish hamda ularning harakatiga tezkor o‘zgartirishlar kiritishga erishilgan;
jamoat yo‘lovchi transporti harakatlanish intervalini “kritik vaziyatlar” uchun aniqlash usuli takomillashtirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2022 yil 17 fevraldagi 2/866-1167 sonli ma’lumotnomasi va Namangan viloyati transport boshqarmasining 2022 yil 27 yanvardagi akti). Natijada jamoat yo‘lovchi transporti yo‘nalishida yo‘lovchilarga tashish xizmati ko‘rsatish jarayonida avtobuslarning harakat intervallarini “kritik vaziyatlar” usulida aniqlangan qiymatlardan foydalangan holda ishlab chiqilishi yo‘lovchilar tomonidan avtobuslarni kutishning o‘rtacha eng maqbul vaqtini hisoblash va avtobuslarning optimal interval ko‘rsatkichlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
avtobuslarning harakat yo‘nalishlarida ishlash tartibini harakat intervalining jadval yoki interval tartibida tashkil etishni tanlash usuli takomillashtirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2022 yil 17 fevraldagi 2/866-1167 sonli ma’lumotnomasi va Namangan viloyati transport boshqarmasining 2022 yil 27 yanvardagi akti). Natijada, shahar yo‘lovchi transporti harakat intervalini yo‘lovchilar oqimi kamaygan paytlarda, ya’ni sutkaning “tig‘iz vaqtlari” orasida interval` tartibidan jadval tartibiga o‘tkazish orqali yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatiniga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda samaradorligini oshirishga erishilgan. Mazkur usulda avtobuslarning harakatlanish intervallarini tashkil etish orqali Namangan shahridagi 10-son “Xamza-Go‘zal” avtobus yo‘nalishi misolida bitta avtobus uchun bir yillik iqtisodiy samardorlik 85,5 mln. so‘mni tashkil etishi aniqlangan.