Yusupov Sarvarbek Sodiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion intellektual transport tizimlarini mahalliy sharoitda sinergiyasini asoslash», 05.08.06 – «G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1680.
Ilmiy rahbar: Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratullaevich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, PhD.22/01.02.2022.T.144.01. 
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlar doktori, professor.
Abdurazzokov Umidulla Abdurazzokovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi intellektual transport tizim elementlarini mahalliy sharoitda o‘zaro uyg‘un ishlashini ta’minlovchi sinergetik uslubini ishlab chiqish.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ekspluatatsiya sharoitida intellektual transport tizimlardan foydalanishning sinergetika prinsiplari bo‘yicha eksperiment natijalarini tahlili asosida tartib va moslashuvchan parametr tushunchalari asoslangan;
avtomobilni real vaqt rejimida texnik holatini tahlil kiluvchi, qaror qabul qiluvchi va boshqaruv organlariga ma’lumotlarni etkazib beruvchi, algoritmlar hamda sun`iy intellektga asoslangan yangi sinergetik uslublar ishlab chiqilgan;
intellektual transport tizimlarining “Avtomobilni infratuzilma bilan ta’sirlashuv” qismida “Intellektual start-stop tizim” ni Bul` funksiyasi yordamida boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan;
“Intellektual start-stop tizim” li avtomobillarning yonilg‘i tejamkorligi va ekologik ko‘rsatkichlarini dvigatelning ayrim rejimlarida o‘chirish orqali aniqlash uslubi ishlab chiqilgan hamda natijalar eksperimental tadqiqotlar bilan asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion intellektual transport tizimlarini mahalliy sharoitda sinergiyasini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“UzAuto Motors” AJda ishlab chiqarilayotgan dvigatelning ishchi hajmi 1,5 litr bo‘lgan engil avtomobillar bazasida yo‘l infratuzilmasi bilan uyg‘un ishlovchi “Intellektrual start-stop tizim” ning algoritmi yaratildi (“O‘zavtosanoat” AJ 2022 yil 11 fevraldagi №15/06-25-0226-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, ITTning iearxik arxitekturasiga asoslangan boshqaruv tizimi bo‘yicha real vaqt rejimida ob’ektlardan ma’lumotlarni olish, tahlil qilish, qaror qabul qilishda infratuzilma elementlarining tartib parametri va avtomobilning moslashuvchan parametri asosida avtomobil` bilan infratuzilmaning o‘zaro uyg‘un ishlash imkoniyati yaratilgan;
intellektual transport tizimlarini sinergetika prinsiplari asosida yo‘l infratuzilmasini tashkil etuvchi yo‘l tarmoqlaridagi svetofor vaqtlarini aniqlash yordamida “Intellektrual start-stop tizim” li avtomobil` bilan infratuzilma elementining eng maqbul chegaraviy parametrlarida ishlashi va o‘zaro uyg‘unligi mahalliy sharoitda asoslandi (“O‘zavtosanoat” AJ 2022 yil 11 fevraldagi №15/06-25-0226-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, avtomobilning yonilg‘i tejamkorligi oshirildi va ekologik talablarga muvofiqligi ta’minlandi, hamda tadqiqotni ishlab chiqarishga tatbiq etish natijasida ushbu avtomobillarning yangi bozorga chiqishi ta’minlangan va to‘g‘ridan to‘g‘ri avtomobil` ishlab chiqarilishini oshirish imkoni yaratilgan;
avtomobillarning yonilg‘i tejamkorlik va ekologik ko‘rsatkichlarini intellektual transport tizimlari orqali yaxshilash hisobiga energiya va resurs sarfi kamayishi “Intellektual start-stop tizim” misolida aniqlash imkonini berdi (“O‘zavtosanoat” AJ 2022 yil 11 fevraldagi №15/06-25-0226-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tizimni joriy etilishi bilan shahar harakati sharoitida avtomobil` 100 km masofani bosib o‘tganida 8,25 % yonilg‘i tejalib, dvigatelining salt ishlash vaqti 28-32 % kamaygan. Amaliy-tahliliy usul bilan bitta avtomobil` bir yilda 20000 km masofani bosib o‘tgan deb qabul qilganimizda o‘rta hisobda 132 litr yonilg‘i tejalganligi hisoblanib, atrof-muhitga chiqadigan zaharli gazlarni (SO – 8060 g, NS – 700 g va NOx – 520 g) ushbu miqdorga kamaytirish imkonini berdi. Ushbu tizimni mahalliy sharoitda qo‘llab, ekspluatatsion harajatlarni hisobga olgan holda, bir avtomobil` uchun yillik iqtisodiy samaradorlik 424281 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish