Oripov Jasurbek Ikromjono‘g‘lining
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tabiiy ipak iplarini to‘qishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1460.
Ilmiy rahbar: Valiev Gulam Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, k.i.h.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Alieva Dilbar Ganievna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachiik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi krepdeshin to‘qimalarini ishlab chiqarishda tabiiy ipak iplarini to‘qishga tayyorlashning takomillashtirilgan texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy ipakdan krepdeshin to‘qimalarini ishlab chiqarishda, to‘quv ipini tandalash jarayonidan avval shakllantirish orqali tanda iplarini to‘qishga tayyorlashni takomillashtirilgan texnologiyasi yaratilgan hamda qo‘shish-pishitish va tandalash jarayonlarining texnologik parametrlari ishlab chiqilgan;
murakkab pishitilgan tabiiy ipak to‘quv iplarini cho‘zish deformatsiyasi jarayonining birinchi bosqichida 2 qavat qilib qo‘shib ularga 300, 400 va undan ortiq buram berib, ikkinchi bosqichda ularni 2 tasini qo‘shib 200 buram berib pishitilganda to‘quv ipini tashkil qiluvchi yakka iplar bir vaqtning o‘zida uzilishi aniqlangan;
tabiiy ipakdan yangi ikki bosqichli usulda pishitib olingan kam buram berilgan to‘quv iplarini ishqalanishdagi emirilishga va uzilishga chidamliligi yuqori bo‘lishi aniqlangan;
tabiiy ipak tanda iplarini ikki bosqichli usulda buram berib qo‘shganda ularning uzilish kuchi va ko‘p davrli cho‘zilish deformatsiyaga chidamliligini oshishi aniqlangan hamda to‘liq omilli tajribalar asosida adekvat regression matematik modeli olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy ipak iplarini to‘qishga tayyorlash resurstejamkor texnologiyasini yaratish hisobiga olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘quv ipini tandalash jarayonidan avval shakllantirish asosida yaratilgan tabiiy ipak tanda iplarini to‘qishga tayyorlash takomillashtirilgan texnologiyasi yangi texnologik tizim va parametrlar shaklida «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tasarrufidagi Marg‘ilon shaxridagi «Sharq ipagi durdonasi» ma’suliyati cheklangan jamiyatining iplarni to‘qishga tayyorlash sexida (2 ta qo‘shib-eshuv va 1 ta piltalab tandalash mashinasida) joriy etilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2022 yil 2 martdagi № 1-1/356 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tandalash jarayonida iplarning uzulishi 26 % ga, xomashyo chiqindilari 24,9 % ga kamayishiga, tandalash mashinasi unumdorligi 4,18 martaga oshishiga erishilgan.