Jo‘raqulov Uzoq Haydarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alisher Navoiy “Xamsa”sida xronotop poetikasi», 10.00.07–Adabiyot nazariyasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fil47.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Quronov Dilmurod Haydaralievich, filologiya fanlari doktori, professor; Salohiy Dilorom Isomiddin qizi, filologiya fanlari doktori; Ahmedova Shoira Nematovna filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Alisher Navoiy «Xamsa»sidagi janr, kompozisiya, syujet, obraz muammolarini tarixiy janrlar kontekstida xronotop nazariyasiga ko‘ra asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek adabiyotshunosligi tarixida ilk bor «Xamsa» xronotopi muammosi tarixiy va nazariy poetika sintezi asosida yoritilgan;
Navoiy «Xamsa»sining shunchaki besh doston majmuasi emas, mustaqil poetik tizimga ega universal janr ekanligi aniqlangan;
«Hayrat ul-abror»ning «Xamsa» dostonlarini yagona kontekstda uyg‘unlashtiruvchi, universal xronotop maydoniga ega “kompozision qolip” ekani nazariy asoslangan;
«Xamsa» syujetining «yo‘l», «suv», «sahro», «qasr», «tog‘-g‘or» singari badiiy xronotop shakllarini jamlovchi bir butun poetik sistema ekani isbotlangan;
«oshiq – ma’shuqa – raqib» deb nomlanuvchi birlamchi (eng qadimgi) tizimga mansub universal obrazlarning «Xamsa» kontekstidagi semantik-struktural xossalari belgilangan;
«Xamsa»dagi tarixiy, metaforik obrazlar bir nechta mustaqil tip va poetik guruhlardan tashkil topgan mukammal badiiy birliklar ekani ochib berilgan;
Navoiy «Xamsa»si asosida janr, kompozisiya, syujet va obraz universalligi, xronotop poetikasiga doir nazariy xulosalar chiqarilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mumtoz adabiyot nazariyasi, xamsashunoslik va Navoiy ijodini jahon badiiy tafakkuri kontekstida tipologik tadqiq etish, milliy adabiyot nazariyasining tarixiy-badiiy, ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
Navoiy va jahon adabiyoti masalalari, «Xamsa» va epos, roman, qissa janrlari tipologiyasiga doir xulosalardan O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutining FA-F1-G040-raqamli «O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir» fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 26 sentyabrdagi FTA-02-11/737-son ma’lumotnomasi). Shu asosda Sharq va G‘arb adabiyoti tipologiyasi, janr, kompozisiya, obraz xronotopiga doir nazariy xulosalar chiqarish imkonini bergan;
Navoiy ijodiy merosining Markaziy Osiyo xalqlari adabiyotiga ko‘rsatgan ta’siri, qiyosiy tavsif va ilmiy tasnif masalalariga oid nazariy xulosalar Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyining F1-FA-0-55746-raqamli «Markaziy Osiyo xalqlari adabiy qo‘lyozma yodgorliklarini tadqiq etish. O‘zbekiston shoir va yozuvchilari arxivini to‘plash va uning ilmiy tavsifini nashrga tayyorlash» fundamental loyihasiga tatbiq etilgan (Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyining 2017 yil 14 sentyabrdagi 075/2-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida «oshiq – ma’shuqa – raqib» deb nomlanuvchi birlamchi tizimga mansub universal obrazlarning semantik-struktural xossalari belgilangan, adabiy ta’sir, an’anaviylik, novatorlik muammolari ochib berilgan;
Navoiy shaxsiyati va ijodiga oid dissertatsiya xulosalaridan O‘zbekiston milliy ensiklopediyasining birinchi jildi (Toshkent, 2000. – 120, 121, 122, 124, 125-betlar)ni tayyorlashda foydalanilgan («O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyotining 2017 yil 28 noyabrdagi 01–598-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari «Xamsa» syujeti va obrazlari masalalarini oydinlashtirishga xizmat qilgan;
tadqiqotda ilgari surilgan «Xamsa» xronotopi va poetikasiga doir xulosalar Turkiyaning Karabuk universiteti turk tili va adabiyoti bo‘limi «TED277 Tasavvufi Türk Edebiyatı ve TDE 445 Dilbilim I» o‘quv mashg‘ulotlarida foydalanilgan (Karabuk universitetining 2017 yil 29 noyabrdagi 007/3-son ma’lumotnomasi). Natijada xronotop nazariyasi mohiyati, “Xamsa”ning janr va kompozision xususiyatlari ochib berilgan, asardagi «oshiq» – «ma’shuqa» – «raqib», tarixiy hamda metaforik obrazlar haqida muhim xulosalar chiqarishga asos bo‘lgan;
«Hayrat ul-abror» «Xamsa» dostonlarini yagona janr kontekstida uyg‘unlashtiruvchi «kompozision qolip» ekani haqidagi tadqiqot xulosalari Turkiyaning G‘ozi universiteti adabiyot fakul`teti «CLE 105» Kodlu «Klasik Türk Edebiyatı-I» «1010045» Kodlu «Eski Türk Edebiyatının Kaynakları-I» yo‘nalishlarida nazariy manba sifatida tatbiq qilingan (G‘ozi universitetining 2017 yil 27 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning Alisher Navoiy «Xamsa»si badiiyati haqidagi bilimlarini oshirishga erishilgan;
«Xamsa» syujetidagi «yo‘l», «suv», «sahro» singari badiiy xronotop shakllari, «oshiq – ma’shuqa – raqib» obrazlarining poetik xususiyatlari haqidagi xulosalardan Turkiyaning G‘ozi universiteti adabiyot fakul`teti «1060064 Kodlu Türkolojiye Giriş-I» yo‘nalishida foydalanilgan (G‘ozi universitetining 2017 yil 27 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotda tatbiq etilishi Sharq mumtoz adabiyotidagi ma’rifiy-badiiy, adabiy-estetik hodisalarni tipologik o‘rganish bo‘yicha nazariy umumlashmalar chiqarishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining har hafta efirga uzatiladigan «Xamsaxonlik» nomli turkum ko‘rsatuvida, «Biz kimlarning avlodimiz?» (Alisher Navoiy), «Dunyo adabiyoti» (L.N.Tolstoy) ko‘rsatuvlarida dissertatsiya natijalari muhim metodologik asos vazifasini bajarib kelmoqda (O‘zMTning 2017 yil 15 sentyabrdagi 01-17/705-son ma’lumotnomasi). Natijada Navoiy ijodining ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-estetik ahamiyatini atroflicha yoritishga asos bo‘lmoqda.