Abilova Gulbaxar Jalgasbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Ped224.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy maslahatchi: Aimbetov Nagmet Kallievich, iktisodiyot fanlari doktori, akademik.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSs.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Xalilov Faxriddin Nuriddinovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ergashov Maxammatrasul, texnika fanlari doktori, professor; Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi musiqa yo‘nalishidagi pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish modeli fanlararo integratsiya vositasida strukturalash va yaxlit o‘quv jarayonini loyihalashning adaptivligini ta’minlash orqali axborotlik, aksiologik va ijodiy faollik tamoyillariga qat`iy amal qilishga doir o‘quv faoliyatini reproduktivdan ijodiyga stimullashtirish asosida takomillashtirilgan;
shaxsiy va kasbiy tayyorgarlikni ta’minlovchi raqamli texnologiyalarning vizual vositalari yangi kasbiy faoliyat turini amalga oshirishga nazariy, amaliy yondashuvlarni ijtimoy-iqtisodiy rivojlanish vektoriga modellashtirish dasturiy va texnologik ta’minotning variativligiga ustuvorlik berish va ijodiy musiqiy loyihalarni tayyorlashning ichki integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining funksiyalarini kengaytiruvchi ko‘rsatkichlar o‘quv jarayonini tashkil etish modellarini loyihalash va baholash tizimini rejalashtirish, ularning qulayligi va variativligiga ustuvorlik berish orqali onlayn baholash tizimida Google Klass va Google forms tarmoqli texnologiyalari asosida yangi axborotlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan adaptatsion tezligini oshirishga yo‘naltirilgan holda takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining motivatsiyasi va faolligini oshirishga doir Mobile Learning tizimi an’anaviy va kompyuter vositalarini kombinatsiyalash o‘quv topshiriqlarining onlayn test, so‘rovnomalar servisi va viktorinalar xizmati shakllarini identiv qo‘llash bo‘yicha Finale, Encore, Sibelius nota muharrirligida topshiriqlarni bajarishning tezligi, tug‘riligi, to‘liqligi, taqdim etilishi va samarali himoyasiga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini monitoring qilish asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim sharoitida o‘qitish texnologiyasi skraybing, strinkast, taymlayn va audacity (podkastlar yaratish dasturlari) va intellektual kartalardan talabalarni maqsadli foydalanishga tayyorlashga doir mazmunli komponenti bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning “o‘rnatish+moslashish+loyihalash” bosqichlarining birligini ta’minlash orqali “PADagogik charx” texnologiyasini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid ilmiy natijalar buyicha:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish modeli fanlararo integratsiya vositasida strukturalash va yaxlit o‘quv jarayonini loyihalashning adaptivligini ta’minlash orqali axborotlik, aksiologik va ijodiy faollik tamoyillariga qat`iy amal qilishga doir o‘quv faoliyatini reproduktivdan ijodiyga stimullashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “O‘qitish nazariyasi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106 sonli buyrug‘i, 106-151 raqamli guvohnoma). Natijada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining raqamli ta’lim sharoitiga kasbiy tayyorlash tizimini takomillashtirishga erishilgan;
shaxsiy va kasbiy tayyorgarlikni ta’minlovchi raqamli texnologiyalarning vizual vositalari yangi kasbiy faoliyat turini amalga oshirishga nazariy, amaliy yondashuvlarni ijtimoy-iqtisodiy rivojlanish vektoriga modellashtirish dasturiy va texnologik ta’minotning variativligiga ustuvorlik berish va ijodiy musiqiy loyihalarni tayyorlashning ichki integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan 574097-EPP-1-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “RUECVET: Rossiya va O‘zbekiston ta’limi va kasbiy ta’limning milliy tizimi uchun (ECVET) zachet birligini (kreditlarni) ko‘chirishning Evropa tizimini pilotlashtirish” (2015-2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 10 maydagi 02-07-1279/04-son dalolatnomasi). Natijada musiqa muharrirlaridan foydalanish asosida raqamli texnologiyaning vizual vositalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining funksiyalarini kengaytiruvchi ko‘rsatkichlar o‘quv jarayonini tashkil etish modellarini loyihalash va baholash tizimini rejalashtirish, ularning qulayligi va variativligiga ustuvorlik berish orqali onlayn baholash tizimida Google Klass va Google forms tarmoqli texnologiyalari asosida yangi axborotlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan adaptatsion tezligini oshirishga yo‘naltirilgan holda takomillashtirishga oid takliflardan “Teoriya obucheniya” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-sonli buyrug‘i, 106-151 raqamli guvohnoma). Natijada raqamli ta’limda kasbiy-pedagogik yo‘nalish va talabalar faoliyatini baholash orqali bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiya darajasini belgilovchi ko‘rsatkichlarni takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining motivatsiyasi va faolligini oshirishga doir Mobile Learning tizimi an’anaviy va kompyuter vositalarini kombinatsiyalash o‘quv topshiriqlarining onlayn test, so‘rovnomalar servisi va viktorinalar xizmati shakllarini identiv qo‘llash bo‘yicha Finale, Encore, Sibelius nota muharrirligida topshiriqlarni bajarishning tezligi, tug‘riligi, to‘liqligi, taqdim etilishi va samarali himoyasiga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini monitoring qilish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan A-1-33 − “Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv fanlarini modulli o‘qitish metodikasi va amaliyoti (“Matematika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 10 maydagi 02-07-1279/04-son dalolatnomasi). Natijada motivatsiya va o‘quv faolligini oshirish, shuningdek, o‘quv jarayonini monitoring qilish maqsadida QR kodlari asosidagi Mobile Learning tizimini qo‘llash imkoni oshirilgan;
raqamli ta’lim sharoitida o‘qitish texnologiyasi skraybing, strinkast, taymlayn va audacity (podkastlar yaratish dasturlari) va intellektual kartalardan talabalarni maqsadli foydalanishga tayyorlashga doir mazmunli komponenti bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning “o‘rnatish+moslashish+loyihalash” bosqichlarining birligini ta’minlash orqali “PADagogik charx” texnologiyasini qo‘llash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan “Teoriya obucheniya” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-sonli buyrug‘i asosida berilgan 106-151 son nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quv jarayonida elektron axborot-ta’lim muhiti vositalaridan foydalanishni tavsiflovchi raqamli texnologiyalarning vizual vositalari tizimini yaratish imkoni yaratilgan.