Xayitova Shaxnoza Daniyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalar mustaqil ta’limini mobil texnologiyalar asosida faollashtirish metodikasi”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped2644.
Ilmiy rahbar: Choriev Ruzimurat Kungratovich, pedagogika fanlari doktori.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovasiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSs.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumkasbiy fanlarni o‘qitish jarayonida talabalar mustaqil ta’limini mobil texnologiyalar asosida faollashtirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish, bo‘lajak mutaxassisning kasbiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan nazariy funksional tuzilma va talabalarning kasbiy faoliyati komponentlarining tashkiliy funksiyalari, kasbiy rivojlanishda o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi bilimlarni bosqichma-bosqich rivojlantirish hamda ta’limning muntazamlik prinsipi asosida takomillashtirilgan;
o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish natijasida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan mobil resurslar (umumkasbiy fanlar misolida) vositasida talabalar mustaqil ta’limini faollashtirishning didaktik shart-sharoitlari mazmuni ishlab chiqilgan;
o‘qitishda muvaffaqiyatli vaziyatlarni yaratish, istiqbol tizimini tashkil etish, internetdan foydalanib talabalarning mustaqil bilim olish faoliyatini rivojlantirish asosida umumkasbiy fanlarni o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti va mobil texnologiyalari (mobil so‘rov va ovoz berish, mobil qidiruv, podcast, mobil viktorina) tizimlilik, muammolilik, kasbiy yo‘naltirilganlik tamoyillari asosida takomillashtirilgan;
kompleks pedagogik tajribalar va ijodiy kasbiy topshiriqlarni mobil modellashtirish asosida talabalarning mustaqil ta’lim olish darajalarini baholash mezonlari (reproduktiv, variativ, ijodiy) hodisalar, tushunchalar, dalillar orasidagi ichki aloqalar, nazariy qoidalar bilan mustaqil ishlarni bajarish o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqliklarni o‘rnatish orqali optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ta’lim sharoitida kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarini mustaqil ta’lim olishini faollashtirishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish va umumkasbiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalar mustaqil ta’limini faollashtirishning bosqichlari, ta’lim mazmunining optimal variantini tanlash, faoliyat xususiyatlari, o‘qitishning masofaviy usullari, didaktik imkoniyatlaridan foydalanishga oid takliflardan kasb ta’limi yo‘nalishi va mutaxassislari bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 5/12-4/2-72-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar oliy ta’lim muassasalari kasbiy ta’lim yo‘nalishlarida o‘quv jarayonini yagona yondashuv asosida tashkil etish, umumkasbiy fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tuzilmasi (bashorat qilish, illyustratsiya – tushuntirish, yo‘naltiruvchi, nazorat diagnostika, baholash) asosida mantiqiy ketma-ketligi va o‘zaro aloqadorligi uzviylashtirishga oid metodik tavsiyalar va takliflar esa Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “AIF 1/4 – Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Jizzax politexnika instituti 2021 yil 10 oktyabrdagi 01-1716-1723-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan virtual ta’lim texnologiyalari bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida umumkasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘qitishda muvaffaqiyatli vaziyatlarni yaratish, istiqbolli tizimni tashkil etish, internetdan foydalanib talabalarning mustaqil bilim olish faoliyatini rivojlantirish asosida o‘quv-metodik ta’minoti va umumkasbiy fanlarini o‘qitishga yo‘naltirilgan mobil so‘rov va ovoz berish, mobil qidiruv, podcast, mobil viktorina kabi interfaol metodlarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan “Talabalar mustaqil ta’lim olish metodikasini takomillashtirish” nomli metodik qo‘llanma va “Kasbiy pedagogika” fani bo‘yicha mobil ilova dasturi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 5/12-4/2-72-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-metodik ta’minot talabalarini ijodiy kasbiy topshiriqlarni mobil texnologiyalar asosida mustaqil ta’lim olishini faollashtirish uchun uning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.