Xamdamov Ulugbek Abduvahobovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XX asr o‘zbek she’riyati badiiy tafakkur tadrijining ijtimoiy-psixologik  asoslari»,10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fil19.

Ilmiy maslahatchi: Karimov Naim Fotihovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.01.

Rasmiy opponentlar: Quronov Dilmurod Haydaralievich, filologiya fanlari doktori, professor; Sabirdinov Akbar G‘afurovich, filologiya fanlari doktori; Rahimjonov No‘’monjon Karimovich,  filologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: XX asr o‘zbek she’riyati badiiy tafakkur tadriji bosqichlarini, har bir bosqichning o‘ziga xos xususiyatlarini, ularni vujudga keltirgan ijtimoiy-psixologik omillarni hamda yangilangan she’riyatning ritmik-intonatsion sathida yuz bergan evrilishlar tabiatini aniqlashdan iboratdir.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

XX asr o‘zbek she’riyatida badiiy tafakkur tadrijining ijtimoiy-psixologik omillari ilk bor uzluksiz jarayon sifatida ko‘rsatilgan;

o‘zbek she’riyatidagi ijtimoiylashuvning inson fitrati bilan bog‘liq ichki hamda tashqi – yangi inson va uni shakllantirgan ijtimoiy-ruhiy omillar aniqlanib, ijtimoylashuv va mafkuralashuv xususiyatlari dastlab jadid she’riyatida paydo bo‘lgani asoslab berilgan;

davr she’riyatining har bir bosqichida estetik ideal evrilib-konkretlashib turgani va uning g‘oyaviy-tematik yo‘nalishini belgilagani hamda idealda dunyoqarashning ustuvor maqom tutishi undagi go‘zallik va ezgulik qirralarining o‘tmaslashuviga olib kelgani, bu san’at tabiatiga zid ekanligi asoslangan;

XX asr o‘zbek she’riyatida to‘rtta – jadid shoirlari, 20-yillar avlodi, 60-yillar va 70-yillar adabiy avlodlarining g‘oyaviy-estetik mavqei va poetik prinsiplari jihatidan bir-birlaridan farqlanishi isbotlangan;

she’riyatning poetik yangilanishida adabiy an’ana va adabiy aloqalarning o‘rni, shakl bobidagi izlanishlar XIX asr adog‘idayoq yuz ko‘rsatgani va izchil davom qilgani, lirikaning sub’ektiv tashkillanishidagi siljishlar tabiati va omillari ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

XX asr o‘zbek she’riyatini paydo qilgan ijtimoiy-psixologik omillarni estetik ideal tadriji, ijtimoiylashuv, mafkuralashuv, turli adabiy avlodlar o‘ziga xosliklari va she’r vazni hamda sub’ektiv tashkillanishida yuz bergan siljishlar nuqtai nazaridan tadqiq etish asosida:

XX asr o‘zbek she’riyati badiiy tafakkur tadrijining ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga doir xulosalardan FA–F1-G040-raqamli «O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir» nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 23 avgustdagi FTA-02-11/526-son ma’lumotnomasi). Natijada XX asr o‘zbek she’riyati badiiy tafakkur tadrijining ijtimoiy-psixologik omillari turli adabiy avlodlarni shakllantirgan mushtarak uzluksiz jarayon ekanligi to‘g‘risidagi xulosalarga asos bo‘lgan;

mazkur tadqiqot xulosalaridan «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» (Toshkent: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi», Davlat ilmiy nashriyoti,  2000. 120, 122, 123, 124-betlar)ning o‘zbek she’riyati bilan bog‘liq boblarida foydalanilgan (2017 yil 28 noyabrdagi 01/597-son ma’lumotnomasi).  Natijada XX asr o‘zbek she’riyati davrlari, vakillari, poetik xususiyatlari to‘g‘risida ilmiy natijalar chiqarishga xizmat qilgan;

dissertatsiyaning XX asr o‘zbek she’riyatining shakllanishi, uning o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, ijtimoiy, psixologik kayfiyat hamda falsafiy qarashlarning she’rdagi akslanishi to‘g‘risidagi xulosalaridan  Turkiyaning G‘ozi universiteti adabiyot fakul`teti «GDE 401 Kodlu Özbek Türkçesi Metin Aktarma» ta’lim yo‘nalishida muhim manba sifatida foydalanilgan (G‘ozi universitetining 2017 yil 27 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning XX asr o‘zbek she’riyati haqidagi bilimlarining boyishiga asos bo‘lgan;

  shaxs maqomining o‘zgarishi, estetik ideal tadriji, adabiy avlodlarning g‘oyaviy-estetik mavqe va poetik prinsiplardagi umumiyligiga ko‘ra bir-biridan farq qilishi, she’r shakli va mazmunidagi o‘zgarishlar tabiati bilan bog‘liq  xulosalaridan Turkiyaning Karabuk universiteti adabiyot fakul`teti  «2017-18 Güz Dönemi Yüksek Lisans, Lisans ve Türkçe Öğretim» ta’lim yo‘nalishida muhim manba sifatida foydalanilgan (Karabuk universitetining 2017 yil 30 noyabrdagi 54710774-045.99/497598-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning yangi o‘zbek she’riyatining paydo bo‘lishi, shakllanishi va o‘ziga xos xususiyatlari borasidagi bilimlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Cho‘lpon, G‘.G‘ulom, Oybek, E.Vohidov, A.Oripov kabi shoirlar ijodiga bag‘ishlangan qator ko‘rsatuvlar va eshittirishlarda o‘zbek shoirlari she’rlarining tadqiqotda o‘rganilgan qirralaritahlilga tortilgan (2017 yil 21 avgustdagi 05-15/3659-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlarning saviyasini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish