Rahmonov Ulug‘bek Bahodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilida emotsiyani ifodalovchi leksikaning leksikografik va kontekstual talqini”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil667.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; O‘sarov Ibrohim Ko‘rpashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilida emotsiyani ifodalovchi leksik birliklarni ajratib olish, ularni leksikografik jihatlarini ochib berish va kontekstual ma’nolarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
emotsionallik va ekspressivlik konseptlari o‘rtasidagi modallik, diktallik, sub’ektivlik, ob’ektivlik kabi differensial, integratsial jihatlar dialektik butunlikda ochib berilgan hamda ingliz tili lug‘at zahirasi tarkibidagi mavjud emotsional birliklarning definisiyasi asoslangan;
emotsional leksik birliklarni izohli va ikki tilli lug‘atlarda qayd etish bo‘yicha vulgar, familiar, insult kabi belgi-ishoralar qo‘yish, emotsional belgi-ishoralardagi kamchiliklar dalillangan;
emotsional leksikaning suyush-erkalash, haqorat, kinoya-kesatiq kabi leksik-semantik guruhlar strukturasidan emotsional ma’nolarni ajratish va emotsional so‘zlarni so‘z turkumlari doirasida leksikografik talqin qilish yo‘llari belgilanib, emotsional birliklarning ot, sifat, fe’l, ravish, undov co‘z turkumlararo transformatsiyasi aniqlangan;
badiiy asar matnida qahramonlarning kayfiyati, ruhiy holati va borliqqa bo‘lgan munosabati, so‘zlarning emotsional ma’no jilosi, ularning matnda, lug‘atlarda berilgan ma’nolardan individual va sub’ektiv ma’no kasb etish holatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilida emotsiyani ifodalovchi leksikaning leksikografik va kontekstual talqini bo‘yicha olingan natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz tilida “emotsionallik” va “ekspressivlik” ma’nolari o‘rtasidagi differensional va integratsional jihatlar ochib berishdahamda ingliz tili lug‘at zahirasi tarkibidagi emotsional birliklardan leksik birliklarni ajratib olish borasidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan 2011-2014 yillarga mo‘ljallangan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” innovatsion loyihasida lingvistik va kommunikativ qobiliyatni oshirishga qaratilgan mul`timedia dasturlarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 2 noyabrdagi 2766/30.02.11-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar konteksti emotsional ma’nolarini ifodalash materiallari bilan ta’lim mazmuni boyitilgan;
emotsional leksik birliklarni izohli va ikki tilli lug‘atlarda qayd etish bo‘yicha vulgar, familiar, insult kabi belgi-ishoralar qo‘yish, emotsional belgi-ishoralardagi kamchiliklar, emotsional so‘zlar ma’no variantlarining lug‘atlarda aks ettirishda, emotsional leksik birliklarning izohli va ikki tilli lug‘atlarda haqorat, suyush-erkalash kabi leksik birliklarni aks ettirishdagi nazariy qarashlardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 2 oktyabrdagi 2767/30.02.11-son ma’lumotnomasi). Natijada emotsional til birliklarning ilmiy talqiniga oid qarashlar mukammallashgan;
emotsional leksikaning suyush-erkalash, haqorat, kinoya-kesatiq kabi leksik-semantik guruhlar strukturasidan emotsional ma’nolarni ajratish va emotsional so‘zlarni so‘z turkumlari doirasida leksikografik talqin qilish yo‘llari belgilanib, emotsional birliklarning ot, sifat, fe’l, ravish, undov co‘z turkumlararo transformatsiyasi, kontekstlarda so‘zlarning turli emotsional ma’nolarni anglatishi va ularning lug‘atlarda berilgan ma’nolardan farqli tomonlaridan olingan ma’lumotlar va xulosalardan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston”teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 04-85-1609-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan medial materiallar mazmun jihatdan mukammallashgan.