Ibragimova Gulchexra Madaminjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz badiiy adabiyoti matnlaridagi parentez birliklarning sintaktik-stilistik xususiyatlari”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1767.      
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Dosbaeva Nargiza Turg‘unpo‘latovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ashurov Shaxobiddin Saidovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz badiiy matnlarida qo‘llanilgan parentez birliklarning ifoda va mazmun plani, funksional va kategorial jihatlari hamda qo‘llanilish doirasini ochib berish orqali ularning sintaktik-stilistik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz badiiy adabiyotida parentez birliklarning struktural jihatdan bir so‘zli sodda, yasama, qo‘shma, so‘z birikmali va gapli, semantik tarafdan ishonch, tasdiq, inkor ma’nolarni bildiruvchi, tasviriy, o‘xshatish, turar-joyni izohlash xarakteridagi, abbreviatura ko‘rinishidagi, gapda kelish o‘rniga qarab inisial, o‘rta va oxirgi pozisiyada qo‘llaniluvchi, gapda qo‘llanish miqdoriga ko‘ra monoparentez, poliparentez hamda kiritmali konvergent turlariga xos struktur-semantik, funksional-stilistik jihatlar aniqlangan;  
roman, pesa, esselarda qo‘llanilgan havola, deliberatsiya, ekzemplifikatsiya va aniqlashtirish xarakteridagi parentez birliklarning bajaradigan vazifasiga ko‘ra muallif va personajning so‘z yuritilayotgan voqea-hodisaga qahr-g‘azabi, quvonchi, zavqlanishi, nafratlanishi, qo‘rqinchi, afsuslanishi, jasorati, ajablanishi, tanbehini istehzo bilan ko‘rsatishi, shuningdek, ohang, sur’at, tembr, kuch va sadolanish davomiyligi muallif emotsiyasini ifodalash xususiyatlari asoslangan; 
ingliz badiiy adabiyoti matnlarida parentez birliklarning inversiya, sanash, parallel konstruksiyalar kabi sintaktik-stilistik ifoda vositalar sifatida vazifa bajarishi aniqlangan, undov xarakterdagi parentezalar  kirish gapining ekvivalenti, emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan gapning ajratilgan kirish bo‘lagi sifatida sintaktik vazifalarda kelishi isbotlangan;
ingliz badiiy adabiyotida parentez birliklarning stilistik xususiyatlari ularning ekspressiv vazifalariga ko‘ra emotsional-ekspressiv xususiyat kasb etib ijodkorning obrazlar tizimi va g‘oyalarini ifodalash uchun xizmat qilishi, noverbal vositalar orqali ifodalangan parentez birliklar prosodiyada verbal vositalarga qo‘shimcha izoh berishi, nutq uzilishini oldini olishi ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz badiiy adabiyotida parentez birliklarning sintaktik-stilistik xususiyatlari tadqiqi asosida:
ingliz badiiy adabiyotida parentez birliklarning struktural jihatdan bir so‘zli sodda, yasama, qo‘shma, so‘z birikmali va gapli; semantik tarafdan ishonch, tasdiq, inkor ma’nolarni bildiruvchi, tasviriy, o‘xshatish, turar-joyni izohlash xarakteridagi, abbreviatura ko‘rinishidagi, gapda kelish o‘rniga qarab inisial, o‘rta va oxirgi pozisiyada qo‘llaniluvchi; gapda qo‘llanish miqdoriga ko‘ra monoparentez, poliparentez hamda kiritmali konvergent turlariga xos struktur-semantik, funksional-stilistik jihatlari, roman, pesa, esselarda qo‘llanilgan havola, deliberatsiya, ekzemplifikatsiya va aniqlashtirish xarakteridagi parentez birliklarning bajaradigan vazifasiga ko‘ra muallif va personajning so‘z yuritilayotgan voqea-hodisaga qahr-g‘azabi, quvonchi, zavqlanishi, nafratlanishi, qo‘rqinchi, afsuslanishi, jasorati, ajablanishi, tanbehini istehzo bilan ko‘rsatishi, shuningdek, ohang, sur’at, tembr, kuch va sadolanish davomiyligi muallif emotsiyasini ifodalash xususiyatlari haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan 2014-2015-yillarga mo‘ljallangan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 20 dekabrdagi 3410/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy dalillar bilan boyitildi, xususan axborot-komunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etishda parentez birliklarni lingvistik tadqiqot ob`ekti sifatida olinishi muhim ahamiyat kasb etgan;
ingliz badiiy adabiyoti matnlarida parentez birliklarning inversiya, sanash, parallel konstruksiyalar kabi sintaktik-stilistik ifoda vositalar sifatida vazifa bajarishi aniqlangan, undov xarakterdagi parentezalar kirish gapining ekvivalenti, emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan gapning ajratilgan kirish bo‘lagi sifatida sintaktik vazifalarda kelishi haqida bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirish maksadida yaratilgan qo‘llanmalar, maqolalar, tezislar yozishda yangi yondashuvlar sifatida tadqiqot ishidagi ilmiy xulosalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ SVNEIMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 10 noyabrdagi 2845/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ichida tadqiqot ishini takomillashtirishda, xususan mazkur manbalar loyiha materiallarini mukammallashtirgan va talabalarning lingvistik kompetensiyasini oshirgan;
ingliz badiiy adabiyotida parentez birliklarning stilistik xususiyatlari ularning ekspressiv vazifalariga ko‘ra emotsional-ekspressiv xususiyat kasb etib ijodkorning obrazlar tizimi va g‘oyalarini ifodalash uchun xizmat qilishi, noverbal vositalar orqali ifodalangan parentez birliklar prosodiyada verbal vositalarga qo‘shimcha izoh berishi, nutq uzilishini oldini olishi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 26 oktyabrdagi 04-25-1667-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar ilmiy va amaliy jihatdan boyigan, ijtimoiy xususiyatlari ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish