Murodova Mohigul Chori qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oziq-ovqat sanoatini barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish», 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt882.
Ilmiy rahbar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc. 03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Samatov G‘affor Allakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimova Saodat Abdumuminovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo - texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatini barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy xarajatlardan sotilmay qolgan maxsulotlarga tegishli etkazish xarajatlarini alohida ajratib hisobga olish orqali joriy aktivlarning brutto aktivlar xajmidagi salmog‘ini oshirish asosida faoliyat rentabelligini oshirish imkoniyati aniqlangan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarida qo‘shilgan kapital miqdorini oshirish orqali majburiyatlar tarkibida tozalangan margarin, shrot, sheluxa mahsulotlari va barcha turdagi salomaslar bo‘yicha kreditor qarzdorlikni kamaytirish taklif etilgan;
yog‘-moy sanoati korxonalarida margarin, shrot, sheluxa mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya darajasining me’yorini 25-30 foiz etib belgilash asosida korxonani barqaror rivojlantirishni ta’minlash asoslangan;
yog‘-moy sanoatini uzoq muddatli rivojlanish tendensiyalari ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqarish hajmini oshirishning 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Oziq-ovqat sanoati korxonalarini barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha, olingan ilmiy natijalar asosida:
umumiy xarajatlardan sotilmay qolgan maxsulotlarga tegishli etkazish xarajatlarini alohida ajratib hisobga olish orqali joriy aktivlarning brutto aktivlar xajmidagi salmog‘ini oshirish asosida faoliyat rentabelligini oshirish imkoniyati bo‘yicha taklifi “Toshkent yog‘-moy kombinati (TYoMK)” AJ tomonidan tizim tashkilotlari amaliyotiga joriy qilingan (“TYoMK” AJning 2021 yil 24 avgustdagi 219/01-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy qilish natijasida “TYoMK” AJda kreditor qarzdorlikning joriy majburiyatlar hajmidagi salmog‘i o‘tgan yilga nisbatan 5,2 foizga pasayishiga erishilgan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarida qo‘shilgan kapital miqdorini oshirish orqali majburiyatlar tarkibida tozalangan margarin, shrot, sheluxa mahsulotlari va barcha turdagi salomaslar bo‘yicha kreditor qarzdorlikni kamaytirish taklifi “Toshkent yog‘-moy kombinati (TYoMK)” AJ tomonidan tizim tashkilotlari amaliyotiga joriy qilingan (“TYoMK” AJning 2021 yil 24 avgustdagi 219/01-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy qilish natijasida, “TYoMK” AJda o‘tgan yilga nisbatan sof foydaning o‘sish sur’ati 10,5 foizni tashkil etgani holda, joriy aktivlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘i 8,6 foizga oshirish imkonini bergan;
yog‘-moy sanoati korxonalarida margarin, shrot, sheluxa mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya darajasining me’yorini 25-30 foiz etib belgilash asosida korxonani barqaror rivojlantirish taklifi “Toshkent yog‘-moy kombinati (TYoMK)” AJning 2019 yil 13 martdagi GP/01-01-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Yog‘-moy sanoati korxonalarini ishlab chiqarishni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish,mahsulot sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha Dasturi”da o‘z aksini topgan (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2021 yil 25 avgustdagi KS/3-808-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasida yog‘-moy mahsulotlari eksportining mamlakat jami eksportdagi ulushi o‘tgan yilga nisbatan 0,6 foizga oshirish imkonini bergan;
yog‘-moy sanoatini uzoq muddatli rivojlanish tendensiyalari ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqarish hajmini oshirishning 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari taklifi O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan 2020 yil 18 martdagi AA/7-6-3-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yog‘-moy maxsulotlari ishlab chiqarishni 2025 yilgacha rivojlantirish Yo‘l xaritasida o‘z aksini topgan. (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2021 yil 25 avgustdagi KS/3-808-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida, “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasida yog‘-moy sanoati korxonalarini moliyalashtirish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 11,7 foizga oshirish imkonini bergan.