Nurov Ubaydullo Ibodullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «LOR a’zolari kasalliklari bilan og‘rigan egizaklarni tashxislash, davolash va reabilitatsiya qilishga kompleks yondashuv», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DscTib482.
Ilmiy rahbar: Arifov Sayfutdin Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Xolmatov Jamol Isroilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xasanov Saidakrom Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Shamsiev Djaxongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot instituti. (Dog‘iston Respublikasi). 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: LOR a’zolari kasalliklari bilan kasallangan egizaklarni tashxislash, davolash, sog‘lomlashtirishga kompleks yondashuvni optimallashtirish asosida egizaklarning hayot sifatini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
ilk bor LOR a’zolari kasalliklari bilan xastalangan egizaklar va egizak bo‘lmagan bemorlarda qiyosiy hayot sifatini baholashda psixo-emotsional holat, ekspert me’zonlari, anketa so‘rovnomasi va otorinolaringologik tekshiruvlarni bir vaqtda qo‘llashi kasalliklarni aniklashda erta diagnostik mezon ekanligi asoslangan;
ilk bor egizaklar va egizak bo‘lmagan bemorlarning halqum, bodomsimon murtaklar bioptatlardagi germinativ markazlarining engil zonalarida limfotsitlarning proliferativ faolligi yo‘qligi immun javobning pasayishiga olib kelishi aniqlangan;
 ilk bor LOR a’zolarining o‘tkir kasalliklarida, surunkali  kasalliklarining qo‘zish davrida egizaklarda  xayot sifatini tasniflovchi  ko‘rsatkichlarni  ularning davolash va reabilitatsiya o‘tkazilgandan keyingi davrdagi ko‘rsatkichlariga, hamda sog‘lom egizaklarga nisbatan ishonarli farq qilishi isbotlangan;
ilk bor egizaklarda eshitishni sensonevral zaiflashuvining  og‘ir (IV daraja)si va karlik ko‘rinishida   kechishi, audiologik ko‘rsatkichlar asosida xuddi shunday egizak bo‘lmagan bemorlarga nisbatan genetik  gomogenlik mavjudligi sababli 2,4 marta ko‘p uchrashi isbotlangan;
ilk bor egizaklarda surunkali yiringli rinosinusitning turli shakllarida periferik qonda monotsitlar va  sitokin oqsillarning ko‘rsatkichlari IL6 va IL8, xamda yallig‘lanishni so‘ndiruvchi  IL4  faolligi tahlil qilingan va kasallik rivojlanishining immunologik xarakteristikasi tuzilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Surunkali rinosinusitni tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
egizak bolalarda burun yondosh bo‘shliqlarining yallig‘lanish kasalliklarini davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Egizak bolalarda burun yondosh bo‘shliqlarining yallig‘lanish kasalliklarida monotsitlar, neytrofillar va sitokin status holatining funksional faolligini baholash metodikasi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi 8n-r/32-son xulosasi). Natijada egizak bolalarda burun yondosh bo‘shliqlarining yallig‘lanish kasalliklarida monotsitlar, neytrofillar va sitokin status holatining funksional faolligini baholash asosida tashxislash mezonlarini kengaytirish imkonini bergan;
LOR a’zolari patologiyasi bo‘lgan egizaklarda hayot sifatini baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "LOR a’zolari patologiyasi bo‘lgan egizaklarda hayot sifatini baholash" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 martdagi 8n-r/189-son xulosasi). Natijada LOR a’zolari patologiyasi yoki ulardan biri mavjudligida egizaklarning dastlabki psixo-emotsional holatini aniqlash, shuningdek, davolanish vaqtida hayot sifatini baholash so‘rovnomasi yordamida monitoring o‘tkazish imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR bo‘limi, Qashqadaryo viloyati Koson shahar tibbiyot birlashmasi, Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi va Navoiy viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 sentyabrdagi 8n-d/290-son xulosasi). Natijada egizaklardagi kasalliklarni aniqlash, tashxis qo‘yish, davolash, reabilitatsiya qilish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish