Axmedov Azizxon Dilshodovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion faoliyatni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish», 12.00.03–Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Yu51.

Ilmiy maslahatchi: Gulyamov Said Saidaxrarovich, yuridik fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.

Rasmiy opponentlar: Nasriev Ilxom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Suyunova Dilbar Joldasbaevna, yuridik fanlar doktori, dotsent; Raxmonkulova Nilufar Xodji-Akbarovna, yuridik fanlar doktori.

Yetakchi tashkilot:O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy o‘quv kurslari.

Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadiinnovatsion faoliyat sohasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy himoyasi, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va investisiyalarni jalb qilishga ko‘maklashish texnopark boshqaruvi organining asosiy vazifa va funksiyalari ekanligi asoslangan;

ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari ko‘rinishidagi innovatsion faoliyatga Fuqarolik kodeksining pudrat shartnomalariga oid normalarining qo‘llanilmasligi asoslangan;

innovatsion faoliyatga oid shartnomalarda majburiyatlarni tasodifan bajarish mumkin bo‘lmasligi xavfi kreditorning zimmasiga tushishi to‘g‘risidagi taklif asoslangan;

ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, EHM uchun dasturlar yoki Fuqarolik kodeksining intellektual mulkka oid qoidalariga muvofiq huquqiy muhofaza etiladigan intellektual faoliyatning boshqa natijalarini yagona texnologiya tarkibiga kiritishning yangi huquqiy instituti asoslangan;

davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarni davlat granti shartnomalarining taraflari o‘rtasida taqsimlash hamda tijoratlashtirish haqida shartlarni ko‘zda tutish zarurligi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Innovatsion faoliyatni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tashkil etilayotgan innovatsion texnoparkning boshqaruv organining vazifa va funksiyalarini aniqlashtirish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyundagi «Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish to‘g‘risida»gi PF–5068-son Farmoniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2017 yil 13 sentyabrdagi AD-4-8/20-226-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar texnoparkning intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish sohasida konsalting, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga ko‘maklashish, investisiyalar, shu jumladan chet el investisiyalarni jalb qilish sohasidagi vakolatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;

ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlarini bajarishda pudrat shartnomalariga oid qonun normalarini cheklangan doirada qo‘llash, yagona texnologiya tarkibidagi intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish huquqi, texnoparklarning huquqiy maqomini belgilash to‘g‘risidagi takliflar «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga innovatsion faoliyatni takomillashtirish bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2016 yil 10 maydagi 04/2-03-259-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasida innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilgan;

davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarda ishtirok etayotgan innovatsion faoliyat sub’ektlari tomonidan yaratilgan intellektual mulk ob’ektlarini tijoratlashtirishga bo‘lgan huquqlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi namunaviy shartnoma loyihasi ishlab chiqilib, davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirish jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 25 oktyabrdagi FTQ-0413/712-son ma’lumotnomasi). Mazkur namunaviy shartnoma shartlari innovatsion faoliyatni amalga oshirishda qatnashuvchi sub’ektlar (mualliflar)ning yaratilgan innovatsiyalarga bo‘lgan mulkiy va nomulkiy huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish