Qodirxodjaeva Nigora Saidganievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Birlamchi surunkali bosh og‘rig‘i bo‘lgan bemorlar uchun davolash yondashuvlarini optimallashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib644.
Ilmiy rahbar: Proxorova Anna Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D. Asfendiyarov nomli Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: birlamchi surunkali bosh og‘rig‘ining patogenetik mexanizmlariga asoslanib Botulotoksin-A in’eksiyalarini davolashda qo‘llash va davolash yondashuvlarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor neyrofiziologik tekshiruvlar asosida birlamchi surunkali bosh og‘rig‘i bo‘lgan bemorlarda perikranial va bo‘yin mushaklarining disfunksiyasini bartaraf etish uchun Botulotoksin A-tipini qo‘llash samaradorligi isbotlangan;
surunkali bosh og‘riqlar patogenezida muhim rol o‘ynaydigan perikranial va bo‘yin mushaklaridagi kuchlanishni tashxislashda hamda sub’ektiv palpatsiya usulidan farqli ravishda Botulotoksin-A in’eksiya qilish nuqtalarini aniqlashda interferension EMG usulidan foydalanish afzalligi isbotlangan;
interferension EMG ma’lumotlari asosida «Og‘riq ketidan» usuli yordamida BTX-A in’eksiya qilishning individual sxemasi ishlab chiqilgan;
surunkali migren bo‘lgan bemorlarga Botulotoksin-A in’eksiyani 195 birlik dozada 3-4 oyda bir marta, surunkali zo‘riqish bosh og‘riqli bemorlarga 155 birlik dozada har 4-6 oyda bir marta tavsiya etish orqali yagona davolash sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Birlamchi surunkali bosh og‘rig‘i bo‘lgan bemorlar uchun davolash yondashuvlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
anamnezida surunkali kundalik bosh og‘rig‘i bo‘lgan bemorlarning davolash usullarini takomillashtirish maqsadida yaratilgan «Birlamchi surunkali bosh og‘riqlari davolash sxemasini optimallashtirish maqsadida A tipidagi botulotoksinni qo‘llash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 23 sentyabrdagi 8n-r/370 ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasi birlamchi surunkali bosh og‘rig‘i bo‘lgan bemorlar uchun tashxisotni takomillashtirish davolash yondashuvlarini optimallashtirish, takroriy dispanserizatsiya sonini kamaytirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-klinikasi va Toshkent shahri 56-son oilaviy poliklinikasi klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 8r-q/207 - son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalaridan nevrologlar va umumiy amaliyot shifokorlari amaliyotida foydalanishda, surunkali kundalik bosh og‘riq patogenetik davolash kompleksiga Botulotoksin-A in’eksiyalari kiritilishi, kasallik asoratlari kamayishi, davolash samaradorligi oshishi, bemorlar xayot sifatini yaxshilanishiga imkon yaratgan.