Yodgarova Umida Gaybulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bezovta oyoqlar sindromining etiopatogenetik jihatlari va davolashni optimizatsiyalashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib759/
Ilmiy rahbar: Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti/
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02/
Rasmiy opponentlar: Turuspekova Saule Tleubergenovna, tibbiyot fanlari doktori (Qozog‘iston Respublikasi); Haydarova Dildora Qodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bezovta oyoqlar sindromini erta tashxislash va davolash usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bezovta oyoqlar sindromining kuchayishi bilan D vitamini va nerv o‘sishi omilining pasayishini hisobga olgan holda kasallikning rivojlanishining patogenezi, diagnostikasi va bashoratida D vitamini va nerv o‘sishi omilining ta’siri natijasida ekanligi isbotlangan;
ikkilamchi bezovta oyoqlar sindromining turli xil etiopatogenetik shakllarining klinik ko‘rinishlari va metabolik buzilishlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchli bog‘liqlik asoslangan;
ilk bor bezovta oyoqlar sindromi shakllariga qarab depressiya va uyqusizlik ko‘rsatkichlarining geterogenligi aniqlangan;
CES – D shkalasi bo‘yicha depressiv buzilishlarni baholashda uyqu buzilishi va depressiya darajasining oshishi bilan bezovta oyoqlar sindromining og‘irligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik aniqlangan;
bemorlarning sub’ektiv va psixoemotsional holatining yaxshilanishi natijasida bezovta oyoqlar sindromi shakliga ko‘ra farqlagan holda pramipeksol va D vitamini bilan kompleks davolashning klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bezovta oyoqlar sindromining etiopatogenetik jihatlari va davolashni optimizatsiyalashtirishni tahlil qilishda olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bezovta oyoqlar sindromini klinik va neyropsixologik tekshiruvlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ikkilamchi bezovta oyoqlar sindromini tashxislash mezonlari va davolash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 oktyabrdagi 8n-r/966-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasi kasallikni erta tashxislash sifatini yaxshilash, muolajani optimallashtirish imkonini bergan;
bezovta oyoqlar sindromini klinik va differensial davolash usuli bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida «Bezovta oyoqlar sindromining shakliga qo‘ra klinik xarakteristikasi va differensiyasiyalashgan davolash usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 oktyabrdagi 8n-r/967-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasi kasallikka tashxis qo‘yish mezonlarini va davolash algoritmini ishlab chiqish, hamda differensiyalashgan davolash usullarini optimallashtirish imkonini bergan;
o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari Samarqand tibbiyot instituti 1-klinikasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 noyabrdagi 8n-z/419-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar bezovta oyoqlar sindromini tashxislash usulini optimallashtirish va davolash choralarining samaradorligini oshirishga, uyqu buzilishi va depressiya rivojlanishining oldini olishga, bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashga olib kelgan.