Shadiev Anvar Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali atrofik rinit bilan og‘rigan bemorlar tashxisotini va konservativ davosini maqbullashtirish», 14.00.04–Otorinlaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib.1497.
Ilmiy rahbar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Djamaludinov Yunuskadi Asxabalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Karabaev Xurram Esankulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Astraxan davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali atrofik rinit bilan kasallangan bemorlarning tashxisoti va konservativ davolashning samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish orqali burun shilliq qavatining funksional faolligi buzilishining ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali atrofik rinit patogenezida immunodepressiya sababli burun bo‘shlig‘i shilliq qavati va paranazal sinuslar funksional faoliyatining buzilishiga olib kelishi asoslangan;
ilk bor bemorlarning burun bo‘shlig‘i va paranazal sinuslaridagi burun sekreti suyuq qismining qattiq qismga o‘tishi dinamikasi, fizikaviy, kimyoviy xususiyatlari xamda mukotsiliar apparatning kiprikli epiteliysining tebranish chastotasi faoliyati asoslangan;
atrofik jarayonlar nafaqat burun bo‘shlig‘ining shilliq pardasida, balki butun organizmda rivojlanib, bu jarayonlarga sabab bo‘luvchi yashirin kechadigan temir tanqislik kamqonligi fonida tireoid T3, T4 gormonlari ko‘rsatkichining qondagi ferritinning kamayishi bilan birgalikda tashxisiy tahlili asoslangan;
surunkali atrofik rinit bilan kasallangan bemorlarni davolash burun bo‘shlig‘i mukotsiliar tizimining fiziologik faoliyati va uning himoya funksiyasi tiklanishiga ta’sir etuvchi temir dori vositalari bilan birgalikda endonazal preparatni uz ichiga olgan kompleks davolashni qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalari asosida, surunkali atrofik rinit bilan kasallangan bemorlarda qo‘llanilgan erta tashxisot va davolashning takomillashtirilgan usullari baholash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
surunkali atrofik rinit bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Atrofik rinit bilan kasallangan bemorlarni davolash taktikasi” (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi 8n-r/992-son ma’lumotnomasi) nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. Ushbu uslubiy tavsiyanoma surunkali atrofik rinit bilan kasallangan bemorlarni davolash usullarini maqbullashtirishga imkonini bergan;
atrofik rinit bilan kasallangan bemorlarni boshqarish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Atrofik rinit bilan kasallangan bemorlarni boshqarishning diagnostik taktikasini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi 8n-r/993-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma 2019-2021 yillar davomida o‘tkazilgan statistik tadqiqotlar asosida surunkali atrofik rinit tashxisini qo‘yish va davolash usullarini yanada takomillashtirish imkonini bergan;
surunkali atrofik rinit bilan og‘rigan bemorlar tashxisotini va konservativ davosini maqbullashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi, 1-son oilaviy poliklinikasida (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 19-noyabrdagi 08-09/17928-son ma’lumotnomasi) klinik amaliyotiga tatbiq etilgan. Natijada surunkali atrofik rinitni erta tashxislash, mahalliy va umumiy immunitetni muhofaza qilish, kasallik qaytalanishini oldini olish, bemorlarni davolash sifatini oshirishga imkon yaratilgan.