Xasanov Adxamjon Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qalqonsimon bez follikula raki regulyatorikasini matematik modellashtirish», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T511.
Ilmiy rahbar: Xidirova Mohiniso Baxromovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedieva Dildora Kabilovna, texnika fanlari doktori; Boltibaev Shuxratjon Komiljanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qalqonsimon bez hujayralari regulyator mexanizmlari faoliyatini tadqiq qilish uchun matematik modellarni yaratish, takomillashtirish, sonli hisoblash algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hujayralar to‘plami funksional birligi asosida qalqonsimon bez follikul hujayralarining hayotiy faoliyati davrida o‘zaro aloqasini ifodalovchi biologik sxema ishlab chiqilgan;
hujayralar to‘plami funksional birligi asosida qalqonsimon bez follikula hujayralari regulyator mexanizmlari faoliyatini ifodalovchi matematik model` ishlab chiqilgan;
qalqonsimon bez follikula hujayralari regulyator mexanizmlarining norma va anomal rejimlari, xaos sohasidagi «r-windows» hamda «qora o‘rama» sohasini aniqlash masalasini echish uchun sonli hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan;
qalqonsimon bez follikula hujayralari regulyator mexanizmlari faoliyatining matematik model` tenglamalarining sonli hisoblash algoritmlari vaqtiy kechikishni hisobga olgan holda takomillashtirilgan; 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
qalqonsimon bez follikula hujayralari regulyator mexanizmlari faoliyatini tadqiq qilish uchun ishlab chiqilgan matematik modellar, hisoblash algoritmlar hamda dasturiy vosita asosida:
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy- amaliy tibbiyot markazi Namangan filialida (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 7-iyundagi 33-8/3504-son ma’lumotnomasi). Natijada, qalqonsimon bez faoliyatining norma va anomal holatlarini aniqlash sifati – matematik modellarning adekvatligi jihatidan 5-7%, vaqt sarfini kamayishi hamda ish unumdorligini 8-10% ga ortishiga imkon bergan; 
«Shaffof shifo» va «Sherdor medical» MChJda (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 2022 yil 7-iyundagi 33-8/3504-son ma’lumotnomasi). O‘tkazilgan hisobiy tajribalar natijasida qalqonsimon bez faoliyatining norma va anomal holatlari mavjudligi aniqlandi va hisobiy tadqiq etishdagi vaqt sarfini kamayishi hisobiga ish unumdorligi 7-9% ga oshirishga erishilgan; 
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 7-iyundagi 33-8/3504-son ma’lumotnomasi). Natijada qalqonsimon bez hujayralarining norma va anomal faoliyatini tez va aniq tashxislashda vaqt sarfini 1.5-2 martaga kamaytirish hamda dinamik xaos sohasidagi «r-windows» larni aniqlagan holda davolashga samarali yondashish choralarini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish