Asqaraliev Odilbek Ulug‘bek o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Avtomatlashtirilgan kameral soliq nazoratini tashkil etishda axborot almashish jarayonlari samaradorligini oshirish», 05.01.10 – Axborot olish tizimlari va jarayonlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T1934
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Zaynidinov Xakimjon Nasiridinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Akbaraliev Baxtiyorjon Bakirovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Elov Jamshid Bekmurodovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtomatlashtirilgan kameral soliq nazoratini tashkil etishda axborot almashish jarayonlarini ratsionalizatsiyalash modellari va algoritmlarini ishlab chiqish hamda dasturiy vositalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi infratuzilmasida axborot almashinuvi va ma’lumotlarga ishlov berish jarayonlarining ko‘p bosqichli konseptual modellari ishlab chiqilgan;
soliqqa tortishning avtomatlashtirilgan mexanizmi asosida hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarida  ma’lumotlarga ishlov berishning axborot modeli hamda ehtimoliy model asosida bilimlar bazasi qoidalarini shakllantirish algoritmi ishlab chiqilgan;
axborot tizimlararo ma’lumotlar almashinuvining texnologik usullari asosida kameral soliq nazorati jarayonlarini takomillashtirish algoritmi ishlab chiqilgan;
boshqaruv tizimlarida kameral nazoratni tashkil qilish modullari va axborotlarga ishlov berish jarayonlarining ko‘p pog‘onali takomillashgan arxitekturasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Avtomatlashtirilgan kameral soliq nazoratini tashkil etishda axborot almashish jarayonlari samaradorligini oshirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zaro ichki integratsiyaga asoslanuvchi boshqaruv tizimlariga kiruvchi axborotga ishlov berish (qayd etish, rasmiylashtirish va jarayonni amalga oshirish hamda markazlashgan reestr ma’lumotlar bazasini yaratish) asosida Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi Mirobod tuman Davlat soliq inspeksiyasida soliq to‘lovchilarning soliq yuki nizolari bo‘yicha elektron taqdim etilgan murojaatlarini qayta ishlash va qaror qabul qilishga ketadigan vaqt sarfini qisqartirish hisobiga mehnat samaradorligini 1,27 baravarga oshirish imkonini bergan hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i nazoratini muvofiqlashtiruvchi soliq inspektorlari sonining kamayishiga va jarayonga ketadigan o‘n ish kunini to‘rt ish kuniga qisqartirish imkonini bergan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 16 may 33-8/2874-son ma’lumotnomasi);
Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi Yangihayot tumani Davlat soliq inspeksiyasida axborot massivlariga ishlov berish va iteratsiya bosqichlarini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan «QQS nazorat» axborot tizimi xodimlar ish vaqtini 35-40 %gacha  qisqarishiga, murojaatlarga javob qaytarish vaqtini esa 25-30 %gacha qisqartirish imkonini bergan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 16 may 33-8/2874-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish