Duskobilov Umidjon Sharofiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni monetar siyosat orqali tartibga solish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt34.
Ilmiy rahbar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Olim Abduraimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotningmaqsadi: Iqtisodiyotni monetar siyosat orqali tartibga solish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekspansion va restriksion pul-kredit tadbirlarini qisqa davriy oraliqda amalga oshirilishi natijasida pullar taklifi o‘zgarishining inflyasiya va iqtisodiy o‘sishga ta’siri baholangan;
pul-kredit siyosatini amalga oshirishning transmission mexanizmi kanallari tadqiq etilib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sishga ta’sirini individual baholash imkonini beruvchi transmission mexanizmi takomillashtirilgan;
tijorat banklarining kredit resurslari hajmini oshirish maqsadida majburiy zaxira talablarini banklarning resurs salohiyatidan kelib chiqib, qayta tabaqalashtirish taklif etilgan;
iqtisodiyotda pullar taklifini tartibga solish borasidagi «Arzon pullar» va «Qimmat pullar» siyosatining iqtisodiy jarayonlarga nisbatan ta’sirini o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasi bank tizimidagi mazkur amaliyot «Samarali pullar» siyosati sifatida talqin etilgan;
yirik korxonalar eksport tushumlarining muayyan qismini aksept asosida Markaziy bank obligatsiyalari orqali sterilizatsiyalash yo‘li bilan bank tizimiga barqaror resurs jalb etish amaliyoti taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni monetar siyosat orqali tartibga solish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
pul-kredit instrumentlarining transmission mexanizmi kanallarini tahlil qilish va ularning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini individual baholash asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining samaradorligini oshirish taklifi «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit siyosatini amalga oshirish va rivojlantirishning o‘rta muddatli Konsepsiyasi»ni ishlab chiqishda foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017 yil 13 noyabrdagi 42-12/556-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi orqali iqtisodiy o‘sish va narxlar barqarorligining o‘zaro uyg‘unligi oshirilib, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda monetar siyosatning inflyasiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarini individual baholash imkoniyati yuzaga kelgan;
tijorat banklarining kredit resurslari hajmini oshirish maqsadida majburiy zaxira talablarini banklarning resurs salohiyatidan kelib chiqib, qayta tabaqalashtirish taklifi «Tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezervlari to‘g‘risida»gi Nizomga (ro‘yxat raqami 2004, 2009 yil 9 sentyabr`) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017 yil 13 noyabrdagi 42-12/556-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga tatbiq etilishi «Kichik banklar»ning kredit resurslarini kengaytirgani holda, ularning iqtisodiyot sub’ektlarining investision faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdagi faoliyat ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilgan;
bank tizimining jami aktivi, kapitali, depozit bazasi, hamda kredit portfelida muayyan tijorat bankining ulushini o‘rtacha tortilgan qiymatidan kelib chiqib «Yirik banklar» va «Kichik banklar» guruhlarini shakllantirish va shu asosida tijorat banklariga nisbatan majburiy zaxira talablarini qayta differensiallash taklifi «Turonbank» ATB faoliyatiga joriy etish uchun qabul qilingan («Turonbank» ATBning 2017 yil 21 avgustdagi 16/02-632-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi («Turonbank» ATBning kreditlash salohiyatini oshishiga xizmat qilgan.