Qosimov Odiljon Shodievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistondagi brusellyoz o‘choqlarida ajratilgan qo‘zg‘atuvchilarning mikrobiologik, genetik tahlili va kasallikning epidemiologik monitoringini takomillashtirish», 14.00.30–Epidemiologiya va 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib114.
Ilmiy maslahatchi: Axmedova Muborakxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Mirtazaev Amanturdi, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirzaeva Mamlakat Aynakulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qodirova Dilbar Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: brusellyoz qo‘zg‘atuvchilarining mikrobiologik, molekulyar-genetik xususiyatlarini o‘rganish va kasallikning epidemiologik nazorat tizimini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
brusellyoz o‘choqlarida ajratilgan brusellalarni aniqlash va tashxislash uchun mikrobiologik, serologik va genetik xususiyatlarining solishtirma tahlili natijalari asosida kasallik o‘choqlarini epidemiologik nazorati takomillashtirilgan;
«Epi Info» version 3.3.2 kompyuter texnologiyasidan foydalanish, brusellyoz o‘choqlarini bartaraf etish va brusellyoz bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni saqlashi isbotlangan;
ajratilgan va o‘rganilgan brusella shtammlaridan mamlakatimiz uchun xos bo‘lgan standart shtamm tanlab olingan, uni hudud sharoiti uchun etalon sifatida foydalanish lozimligi isbotlangan;
yuqish xavfi va kasallanish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan hududlarda brusellyozning laboratoriya tashxisotida bir-birining o‘rnini bosa olmaydigan, bir-birini to‘ldiruvchi molekulyar-genetik, bakteriologik, serologik usullar majmuasidan foydalanish asoslangan;
brusella shtammlarining DNKlari va DNK nusxalariga II sinfga mansub EcoR I va Hind III restriksiya endonukleazalarining ta’siri o‘rganilgan va brusella shtammlarining restriksion kartasi tuzilgan;
brusellyozning birlamchi va ikkilamchi surunkali shakllarini davolashda mahalliy Immun-5, qo‘y-echki o‘choqlaridagi infeksiya qo‘zg‘atuvchisi manbaini neytrallash, «sog‘lomlashtirish»da mahalliy «Imnamak» ozuqa qo‘shimchasidan foydalanish tartibi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Brusellyoz infeksiyasining profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Brusellyozning tashxisotida immunobloting va polimeraza zanjir reaksiyasi usullaridan foydalanish» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 30 maydagi 8n-d/41-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma brusellyoz qo‘zg‘atuvchisini tezda aniqlash va aniq tashxis qo‘yish imkonini bergan;
«Brusellyozni faol aniqlash ishlarini tashkillashtirish» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilib, sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 30 maydagi 8n-d/41-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma yuqish xavfi va kasallanish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan hududlarda brusellyoz infeksiyasi manbalarini va bemorlarni faol topish, epidemiologik barqarorlikni saqlash, kasallikni ichki mavjud tabiiy o‘choqlari hisobiga epidemik tarqalib ketishining oldini olish imkonini bergan;
brusellyozning epidemiologik nazorati, profilaktikasi, bakteriologik tekshiriluvchilarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Sog‘liqni saqlash vazirining «Respublikada aholi o‘rtasida o‘ta xavfli zooantroponoz yuqumli kasalliklarga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida» gi 2015 yil 23 yanvardagi 37-son buyrug‘ining 3-ilovasi (Aholi o‘rtasida brusellyoz kasalligining oldini olish chora-tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida yo‘riqnoma) asosida sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 30 maydagi 8n-d/41-son ma’lumotnomasi). Mazkur buyruq respublikada brusellyozning oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirish hamda epidemiologik nazoratni takomillashtirish imkonini bergan;
brusellyozning tashxisoti bo‘yicha olingan ilmiy izlanish natijalari Sog‘liqni saqlash vazirining «Bakteriologik, virusologik va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyalarida o‘tkaziladigan laboratoriya usullarini takomillashtirish to‘g‘risida» gi 2015 yilning 1 mayidagi 177-son buyrug‘ining 12-ilovasi (Brusellyoz kasalligining laboratoriya tashxisi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma) asosida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar va bakteriologik laboratoriyalarga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 30 maydagi 8n-d/41-son ma’lumotnomasi). Mazkur buyruq o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyalarida bemorlardan olingan patologik namunalarning brusellyozga nisbatan tekshiruv usullarini takomillashtirish imkonini bergan;
brusellyozning laboratoriya tashxisoti va epidemiologik nazoratinitakomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan,Respublika o‘lat, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi, Respublika, Buxoro va Samarqand viloyatlari DSENMlarining o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyalarining amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 4 oktyabrdagi 8n-3/22-son ma’lumotnomasi). Natijada brusellyoz bilan og‘rigan bemorlarga yuqori sezgir, maxsus, qo‘zg‘atuvchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash imkonini beradigan usuldan foydalanish, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, kasallanish va yuqish xavfi yuqori bo‘lgan mintaqalardagi odamlarni brusellyozga faol aniqlash imkonini yaratgan.