Mansurova Munisa Anvarovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kengaytirilgan xarakteristikali ikki ipli zanjirli bahyalarni olish texnologiyasi va tikuv mashinasi ishchi organlarini takomillashtirish», 05.06.04–Tikuv buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/T135.

Ilmiy maslahatchi: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Jilisbaeva Raushan Orazovna, texnika fanlari doktori, professor; Aripjanova Dilafruz O‘ktamovna, texnika fanlari doktori; Baxodirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori ko‘rsatkichli xarakteristikalarga ega yangi zanjirli choklarni olish texnologiyalarini ishlab chiqish, tikuv mashinalari ishchi organlari va mexazanizmlarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yuqori ko‘rsatkichli xarakteristikalarga ega bir va ikki ipli zanjirli choklarni hosil qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan;

materialni surish, materialni igna bilan teshish va pastki ipni turtish texnologik sxemalari, samarali va resurstejamkor mexanizmlari ishlab chiqilgan;

zanjirli bahyalarni pastki va yuqori iplarini taranglik kuchlari va sarf qiymatlari ishlab chiqilgan;

materiallarni surishda qayishqoq energiya to‘plagichni siqilish qiymatini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;

 pastki ip tarangligini yetakchi tarmoq tarangligiga, iplar orasidagi ishqalanish koeffisientiga va pastki ip tarangligi og‘ish burchagiga bog‘lanishlari ishlab chiqilgan;

tikilayotgan materialning texnologik qarshiliklariga, qayishqoq elementlar bikrlik koeffisientlari va reykani ko‘taruvchi va siljituvchi koromislolarni ishchi elkalari uzunliklariga bog‘liq ravishda reykali richagni tebranish burchagini o‘zgarish bog‘lanishlari takomillashtirilgan;

tikilayotgan materialning qalinliklarini ortishi bilan ignani teshib o‘tish tezligini kamayishi asosida bog‘lanish grafigi ishlab chiqilgan;

igna harakatida ishchi va erkin rejimlardagi tezliklari amplitudalari farqini igna va polzun massalarining o‘zgarishiga bog‘liqlik grafiklari ishlab chiqilgan;

ekssentrisitetli mushtumcha va rolikli pastki ip turtkichining konstruksiyasini burchak siljishi, tezligi va tezlanish bog‘lanishlari hamda tikuv mashinasi elleptik mushtumchali va ekssentrikli rolikni pastki ip turtkichini kinematik xarakteristikalari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bir va ikki ipli zanjirli baxyalarni olish texnika va texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

tikuv mashinasi pastki ipi turtkichi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 02523-2004y.). Natijada bir va ikki ipli zanjirli baxyalarni olish texnologiyalari, igna, materiallarni surish va pastki ipni turtish mexanizmlarini ishlab chiqilganligi yuqori ish unumli tikish sifatini yaxshilashga imkon bergan;

kengaytirilgan xarakteristikali zanjirli choklarni olish texnologiyalari «O‘zbekengilsanoat» AJ tasarrufiga kiruvchi «Komfort tekstil» QK, «Nilufar-95» MChJ korxonalariga joriy qilingan («O‘zbekengilsanoat» AJning 2017 yil 13 oktyabrdagi DM-158-son ma’lumotnomasi). Natijada tikuv mashinasi ish unumini 1,3–1,5 martaga oshirish imkonini bergan;

pastki ipni turtkichi, igna va materiallarni surish mexanizmlari, modernizatsiya qilingan tikuv mashinasi «O‘zbekengilsanoat» AJ tasarrufiga kiruvchi «YANTEKS» MChJ, «Axsin» MChJ, «Xasanov Kobiljon» XK ishlab chiqarish korxonalariga joriy qilingan («O‘zbekengilsanoat» AJning 2017 yil 13 oktyabrdagi DM-158-son ma’lumotnomasi). Natijada pastki va yuqori iplarni tarangligini 1,8–2,5 martaga kamaytirish, choklarning ko‘ndalang mustahkamligini 1,5–2,0 martaga oshirish imkonini bergan;

bir va ikki ipli zanjirli baxyalarni olish texnologiyasi «O‘zbekengilsanoat» AJ tasarrufiga kiruvchi «TojinisoFAYZ» MChJ korxonasiga joriy qilingan («O‘zbekengilsanoat» AJning 2017 yil 13 oktyabrdagi DM-158-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan baxyalar uzluksizligini ta’minlashi, ip uzulishini 10 martagacha kamaytirish, cho‘zilishi mavjud mokili va zanjirli choklarga nisbatan 65–70% gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish