Matkuliev Utkirbek Ismoilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Portal gipertenziyali bemorlarda qon ketishini profilaktika qilish va davolash usullarida kaminvaziv aralashuvlar», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib.15.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Shavkat Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zR FA va RFA akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Chjao Aleksey Vladimirovich (Rossiya Federatsiyasi), tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibadil`din Amangel`di Seytkazivovich (Qozog‘iston Respublikasi), tibbiyot fanlari doktori, professor; Xadjibaev Abduxakim Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Asan Medical Centre (Seul, Koreya Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: samarali kaminvaziv aralashuv usullarini ishlab chiqish va tatbiq etish yo‘li bilan jigar sirrozli bemorlarda qizilo‘ngach va oshqozondan qon ketishlarni davolash va profilaktikasi natijalarini yaxshilash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
JS bilan bemorlarda QOVKV endovaskulyar jigar orqali embolizatsiyasi va endoskopik usullardan so‘ng yaqin va uzoq muddatlarda qizilo‘ngach va oshqozondan qon ketishlarni davolash va profilaktikasi salbiy natijalari rivojlanishining noqulay omillari aniqlangan;
nafaqat qon tomir, balki parenximatoz dekompensatsiya bor holida JSning rivojlanib borishi gepatolienal havza arterial o‘zanining sezilarli qayta qurilishi bilan kechishi isbotlangan;
darvoza sistemasi angioarxitektonikasini kuzatish bo‘yicha operatsiya vaqtidagi travmatik va keyingi tromboembolik asoratlarning oldini olish uchun mezenterikografiya, qaytuvchi portografiyani o‘z ichiga olgan TIPS va chap oshqozon vena embolizatsiyasini bajarish prinsiplari optimallashtirilgan;
gastroezofageal kollektorni ajratish radikalligini ta’minlash va qon ketish residivlari chastotasini kamaytirish imkonini beruvchi GOV-1 va 2 turdagi varikoz kengaygan venalarni endoskopik ligaturalashning original usuli ishlab chiqilgan;
yaqin muddatlarda qon ketish residivlari sonining kamayishi va sklerozlangan vena devorining yaralanishining oldini olish bilan tavsiflanuvchi mikroko‘pikni paravazal va intravazal yuborish yo‘li bilan bosqichli sklerozlashni o‘z ichiga olgan qizilo‘ngach varikoz kengaygan venalarini sklerozlashning mualliflik usuli ishlab chiqilgan;
JS bilan bemorlarning og‘ir guruhini davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan xavf omillar guruhi va zamonaviy bosqichda ushbu patologiyani davolashda dominant holatlar bo‘yicha sharoitni polipozision baholashga asoslangan QOVKVdan qon ketishlarda davolash-diagnostik taktika algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
PGli JS bilan bemorlarning diagnostikasi va davolashni yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qizilo‘ngach va oshqozon varikoz kengaygan venalarini endoskopik ligaturalash hamda qizilo‘ngach varikoz kengaygan venalarini sklerozlash bo‘yicha metodlar ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 10 maydagi 8n-d/35-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan usullar gastroezofageal kollektorni ajratishning samaradorligini oshirish va qon ketish residivlari chastotasini 19,1% dan 7,1% gacha kamaytirish imkonini bergan;
qizilo‘ngach va oshqozon varikoz kengaygan venalaridan qon ketishni davolash va profilaktika algoritmi ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 10 maydagi 8n-d/35-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijasida qon ketish residivlari chastotasini 16,4% dan 4,2% gacha, jigar etishmovchiligi jadallashuvi xavfini 21,6% dan 14,9% gacha kamaytirish, shifoxonadagi o‘lim ko‘rsatkichini 20,3% dan 7,0% gacha qisqartirish imkonini bergan;
PG tufayli kelib chiqqan qon ketish bilan bemorlarni davolash bo‘yicha dissertatsiya ishining olingan natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasinng 3-klinikasiga, Toshkent shahar shoshilinch tibbiy yordam klinikasiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 10 maydagi 8n-d/35-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan algoritm va endoskopik gemostazning yangi usullari JSda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘lamini sezilarli kengaytirish va, umuman olganda, davolashning umumiy samadorligi 77,2% dan 91,6% gacha yaxshilash imkonini bergan.