Kasimova Muxlisaxon Saidakbarxodjaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Stenokardiya patogenezining immungenetik jihatlari», 14.00.36–Allergologiya va immunologiya  va 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib146.

Ilmiy rahbarlar: Ismailova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori; Tulabaeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika immunologiya ilmiy markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika immunologiya ilmiy markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.50.01.

Rasmiy opponentlar: Axmedova Xolida Yuldashevna, tibbiyot fanlari doktori; Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;

Yetakchi tashkilot:  Buxoro davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotningmaqsadi: YuIK kechishi klinik xususiyatlariga bog‘liq nospesifik yallig‘lanishning immunogenetik jihatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

YuIK barqaror va nobarqaror stenokardiyali bemorlarda klinik-immunologik yallig‘lanish biomarkerlari aniqlangan;

ilk bor nobarqaror stenokardiyada yallig‘lanish jarayonining faollashuvi anamnezida PIKS va yondosh 2 tipli QD bog‘liqligi  isbotlangan;

YuIKda yallig‘lanishga xos sitokinlar spontan mahsulotining ortishi tizimli nospesifik yallig‘lanish jarayon faollashuvi bilan bog‘liqligi aniqlangan;

 ilk bor o‘zbek populyasiyasida nobarqaror stenokardiya rivojlanishida FNO-α geni (-308G>A) polimorfizmining xavfli A alleli aniqlangan;

ilk bor simvastatin va leukomizin bilan davolash nobarqaror stenokardiyali bemorlarda yallig‘lanishga qarshi ta’siri isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Barqaror va nobarqaror stenokardiya patogenezining klinik-immunologik jihatlarini aniqlash natijalari asosida:

stenokardiya patogenezining immunologik xususiyatlarini aniqlash natijalari asosida ishlab chiqilgan «YuIKga uchragan bemorlarni klinik sharhlashda yallig‘lanish mediatorlarining ahamiyati» mavzusidagi uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2017 yil 24 oktyabrdagi 8N-d/40-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma miokard infarktini o‘tkazgan YuIKli bemorlarda stenokardiya rivojlanishini erta tashxislash va bashoratlash, klinik kechishini aniqlash, klinik-immunologik ko‘rsatkichlarning ahamiyati asosida etiopatogenetik davolashni takomillashtirishga xizmat qilgan;

stenokardiya patogenezining immungenetik jihatlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi va Toshkent shahridagi 7-shahar klinik kasalxonasi amaliy faoliyatiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 24 oktyabrdagi 8N-d/40-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan YuIKli bemorlarda klinik-immunologik ko‘rsatkichlarni aniqlash, YuIKni skriningi, erta tashxislash, yurak-qon tomir asoratlari yuqori va quyi xavf guruhlarini ajratish, gipolipidemik terapiya bilan davolash esa yallig‘lanishga xos sitokinlar miqdorini kamaytirish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish