Sobirov Muxtorjon Maxammadjanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Insektisid faollikka ega bo‘lgan azot, fosfor, kaliyli murakkab suyuq suspenziyali o‘g‘it olish texnologiyasini yaratish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T173.

Ilmiy rahbar: Tadjiev Sayfitdin Muxitdinovich, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.

Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor; Shamshidinov Israiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simliklarni ham ildiz, ham bargi orqali oziqlantirish uchun universal ta’sirga ega bo‘lgan azot-fosforli va azot-fosfor-kaliyli murakkab suspenziyalashtirilgan o‘g‘itlar olishning ratsional texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

jadallashgan usulda fosforit unini nitrat kislotasining to‘liqsiz me’yori bilan parchalab olingan mahsulotlar, ammoniy nitrat yoki karbamid eritmasi va kaliy xlorididan insektisid faollikka ega bo‘lgan oltingugurt tutgan sekin ta’sir etuvchi suspenziyalashtirilgan murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;

fosforit unini nitrat kislota bilan parchalashda ko‘piklar hosil bo‘lishini bartaraf etish uchun kislotaning maqbul me’yori va aralashtirgichning aylanish tezligi aniqlangan;

suspenziyalashtirilgan o‘g‘it komponentlarini faollashtirish jarayoniga oltingugurtning ta’siri, suvda erimaydigan komponentlar bilan aralashtirilganda uni gidrofil holatga o‘tishi aniqlangan;

yangi turdagi suspenziyalashtirilgan murakkab o‘g‘itlarning kimyoviy tarkib va xossalariga ammoniy nitrat, karbamid, elementar oltingugurt va kaliy xlorid ta’siri isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Suspenziyalashtirilgan murakkab o‘g‘itlar olishning ratsional texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

nitrofos ishlab chiqarishdagi nordon nitratfosfat bo‘tqa va ammoniy nitrat eritmasi asosida suspenziyali murakkab NP-o‘g‘iti olishning ratsional texnologiyasi «Samarqandkimyo» AJ amaliyotiga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2017 yil 1 dekabrdagi 01/3-6015/P-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarilayotgan donador nitrofos o‘g‘itiga nisbatan 2,10-3,10 marta arzon bo‘lgan va ochiq dala maydonlarida yuqori samaradorlikka ega 5953 t suspenziyalashtirilgan o‘g‘itlar ishlab chiqarish imkonini bergan;

mahalliy xomashyo asosida ratsional texnologiya bilan suspenziyalashtirilgan murakkab o‘g‘itlar olish bo‘yicha X-Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida “Maxam-Chirchiq” AJ bilan 96-14/5-son xo‘jalik shartnomasi tuzilgan (2017 yil 11 may 304 raqam bilan ro‘yxatga olingan). Natijada qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun tarkibida barcha oziqa moddalari tutgan donador o‘g‘itlarga nisbatan 2–3 marta arzon bo‘lgan suspenziyalashtirilgan o‘g‘itlar olish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish