Klicheva Olya Baxtiyarovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O-karboksimetilxitozan sintezi, xossalari va qo‘llanishi», 02.00.06–Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/K13.

Ilmiy rahbar: Rashidova Sayyora Sharafovna, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.27.06.2017.FM/K/T.36.01.

Rasmiy opponentlar: Karimov Aminjon, kimyo fanlari doktori, professor; Qodirxonov Murodxon Rashidxonovich,kimyo fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Bombyx mori O-karboksimetilxitozanini sintez qilish, karboksimetillash reaksiyasining xususiyatlarini, molekulyar-massaviy xarakteristikalarini hamda biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Bombyx mori O-karboksimetilxitozanini sintez qilishning maqbul sharoitlari ishqor konsentratsiyasi, alkillovchi agent nisbati, reaksiya harorati va davomiyligini o‘zgartirgan holda kinetik parametrlari reaksiya tezligi va aktivlanish energiyasi aniqlangan;

ilk bor KMXZning fazoviy  va elektron tuzilishi HyperChem 8.0 dasturi yordamida molekulyar modellashtirish asosida xitozanning O-karboksimetillash reaksiya mexanizmi aniqlangan;

O-karboksimetilxitozan namunalarini olish jarayonida almashinish darajasi va suvda eruvchanlik xossalarini boshqarish sharoitlari asoslangan;

viskozimetriya va tezlik sedimentatsiyasi metodlari orqali xitozan asosida olingan suvda eruvchan O-karboksimetilxitozanning molekulyar-massaviy tavsiflari isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Bombyx mori xitozanini biologik faol va o‘sishni boshqarish ta’siriga ega bo‘lgan suvda eruvchan polisaxaridlar olgan holda alkillash reaksiyalarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

O-karboksimetilxitozan preparatining o‘sishni boshqaruvchi xususiyatlarini aniqlash uchun amaliyotda Zafarobod tumani «Toshtemir ota» fermer xo‘jaligida AN-Bayout-2 navini g‘o‘za urug‘larini kapsulalashda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 14 noyabrdagi 02/20-587-son ma’lumotnomasi). Natijada  qo‘llanilgan karboksimetilxitozan preparati paxta hosilining nazoratga nisbatan 4–5% ortganligini aniqlash imkonini bergan;

paxtaning S-6524, Buxoro-6, Namangan-77 seleksiya navlari chigitlariga ishlov berish uchun karboksimetilxitozandan foydalanilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 14 noyabrdagi 02/20-587-son ma’lumotnomasi). Natijada chigitning bir tekis unib chiqish va yuqori paxta hosildorligiga erishish imkonini bergan;

polisaxaridlarni modifikatsiyalash jarayoni uchun KXA 9-047 raqamli «G‘o‘za urug‘larini kapsulalashda yangi biopolimer kompozisiyalarini qo‘llanilishini ishlab chiqish» mavzusidagi loyihada xitozan va uning hosilalari asosidagi preparatlarni qo‘llashning maqbul va chegaraviy me’yorlari ishlab chiqilgan va ekishdan oldin ishlov berish uchun ishlatilgan karboksimetilxitozanning samaradorligini aniqlashga qo‘llanilgan (Fanlar akademiyasining 2017 yil 29 noyabrdagi 4/1255-2542-son ma’lumotnomasi). Natijada xitozan asosidagi polimer preparatlar o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga rag‘batlantiruvchi ta’sir qilishini aniqlash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish