Abdullaev Aminboy Gulmirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oziq-ovqat sanoati rivojlanishi va joylanishining iqtisodiy-geografik xususiyatlari (Xorazm viloyati misolida)», 11.00.02–Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/G3.
Ilmiy rahbar: Qayumov Abduhakim Abduhamidovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G.01.06.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori; Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati oziq-ovqat sanoatining ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy omillarini baholash asosida, uning hududiy tarkibini takomillashtirish hamda viloyatda respublika oziq-ovqat sanoati hududiy klasterini yaratish bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikada oziq-ovqat sanoati hududiy klasterini barpo etishda «xomashyo – qayta ishlash – tayyor mahsulot» ishlab chiqarish jarayonining samarali iqtisodiy-geografik tuzilmasi ishlab chiqilgan;
oziq-ovqat sanoati tarkibini rivojlantirishda ilk bor logistika markazlarini hududiy tashkil etish xususiyatlari, ichki (o‘ziga xos meva-sabzavotlar olma (karvak olma), uzum, qovun (gurvak), guruch va qizilmiya tomiri etishtirilishi) va tashqi (Hazorasp erkin iqtisodiy zonasi, transport infratuzilmasi, tashqi bozorda iste’molchilar mavjudligi) imkoniyatlari iqtisodiy-geografik jihatdan asoslangan;
Xorazm viloyati oziq-ovqat sanoati va unga xomashyo etkazib beruvchi tarmoqlarning hududiy koeffisientlari aniqlangan hamda GAT ma’lumotlar bazasi asosida xaritalari ishlab chiqilgan;
klasterlarni tashkil etishda rivojlangan davlatlarning klaster yondashuvidagi innovatsion tajribalari hamda hududiy xususiyatlarni umumlashtirish asosida oziq-ovqat sanoati klasteri tizimi iqtisodiy-geografik jihatdan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oziq-ovqat sanoatining rivojlanishi va joylanishining iqtisodiy geografik xususiyatlari bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalar asosida:
Oziq-ovqat sanoati hududiy klasterini barpo etishda «xomashyo – qayta ishlash – tayyor mahsulot» shaklida iqtisodiy-geografik jihatdan ishlab chiqarishni samarali tashkil etish taklifi «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi tomonidan foydalanilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasining 2017 yil 1 dekabrdagi AK/08-3619-son ma’lumotnomasi). Natijada oziq-ovqat sanoatini klasterlashtirish tizimida «xomashyo – qayta ishlash – tayyor mahsulot» shaklida ishlab chiqarish imkonini bergan;
Xorazm viloyati oziq-ovqat sanoati tarkibini rivojlantirishda logistika markazlarini barpo etish bo‘yicha iqtisodiy-geografik jihatdan asoslangan taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2017 yil 16 oktyabrdagi AD-5-2/20-20-3930-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatning Urganch shahri va Qo‘shko‘pir tumanida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, uni saqlovchi muzlatgichli omborlarni, Urganch tumanida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi savdo-logistika markazlarini tashkil etish imkoniyati yaratilgan;
Xorazm viloyati oziq-ovqat sanoati va unga xomashyo etkazib beruvchi tarmoqlarining GAT ma’lumotlar bazasi asosida ishlab chiqilgan xaritalar O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2017 yil 21 sentyabrdagi 03-05-8082-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif «Xorazm viloyati o‘lkashunoslik atlasi»dagi «Mehnat resurslari va aholi bandligi xaritasi» shu bilan birgalikda «Meva va rezavor ekinlari xaritasi», «Sabzavot ekinlari xaritasi», «Poliz ekinlari xaritasi» va «Chorvachilik xaritasi» (2013–2014 yy.) maxsus mazmunini ishlab chiqishda, ilk bor tuzilgan Xorazm viloyati «Aholi xaritasi», «Iqtisodiy xaritasi», «Sanoat xaritasi»ni ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
klaster yondashuvidagi rivojlangan davlatlarning innovatsion tajribalari hamda hududiy xususiyatlarni umumlashtirish asosida oziq-ovqat sanoati klasteri tizimini iqtisodiy-geografik jihatdan takomillashtirishning samaradorligi F-1-42 raqamli «Iqtisodiyotni chuqur liberallashtirilishi sharoitida mintaqani kompleks rivojlantirishning samarali dasturlarini ishlab chiqish» mavzusidagi loyihasida tarmoq klasterlarini tashkil etishda ijtimoiy-iqtisodiy omillarini baholash, iqtisodiy-geografik xususiyatlarni aniqlashda qo‘llanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 28 sentyabrdagi FTA-02-11/742-son ma’lumotnomasi). Natijada oziq-ovqat sanoati tarmog‘ida infratuzilma majmuini shakllantirish, klasterlarni samarali tashkil etish va hududni kompleks rivojlantirish imkonini bergan.