To‘raeva Dilorom Djurakulovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qudrat Hikmatning badiiy mahorati», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil38.

Ilmiy rahbar: Barakaev Rahmatulla, filologiya fanlari nomzodi.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.01.

Rasmiy opponentlar: Kuranov  Dilmurat Xaydaralievich, filologiya fanlari doktori, professor; Turdieva Kavsar Sheralievna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga  molik.

II. Tadqiqotning maqsadi. Qudrat Hikmat she’riyatining tasnifini tuzish, poetik xususiyatlari, xalq og‘zaki ijodi bilan bog‘liqlik darajasini, o‘zbek bolalar adabiyotida tutgan o‘rnini aniqlash va asarlarining badiiy-estetik hamda ma’rifiy-tarbiyaviy xususiyatlarini yoritishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Qudrat Hikmat asarlarining mavzu ko‘lami, yosh kitobxon ma’naviy kamolotida lirik she’rlarning badiiy-estetik va ertak-dostonlarning ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyati asoslangan;

shoir ijodida shakl va mazmun uyg‘unligi, satrlari 4–5 hijodan iborat she’rlarning o‘zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotida yangi bosqichdagi she’riy shakl sifatida tutgan o‘rni aniqlangan;

Q.Hikmat ijodidagi adabiy an’ana va badiiy mahorat muammosi xalq og‘zaki ijodi va ustoz-shoirlardan ijodiy o‘zlashtirish, xalq ertak, doston va masallari syujeti asosida qayta yaratgan adabiy ertak va dostonlarida namoyon bo‘lishi asoslangan;

jahon bolalar adabiyoti namunalaridan tarjimalarning shoir badiiy mahorati shakllanishidagi o‘rni isbotlangan;

peyzaj lirikasida tabiat hodisalari badiiy obraz darajasiga olib chiqilishida fol`klorning turli janrlari ta’siri ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek bolalar adabiyotining yirik namoyandasi Qudrat Hikmat ijodini o‘rganish, uning o‘zbek bolalar adabiyoti rivojlanishida tutgan o‘rnini tadqiq etish jarayonida erishilgan natijalar asosida:

shoir ijodining o‘ziga xosligi, badiiy mahorati, asarlarining ma’rifiy-tarbiyaviy va badiiy-estetik xususiyatlariga oid olingan ilmiy natijalardan 2007–2011 yillarda bajarilgan FA-F8 15 jildli «O‘zbek fol`klori va adabiyoti tarixi» fundamental ilmiy tadqiqot loyihasining bolalar adabiyoti qismida o‘zbek bolalar fol`klori va adabiyoti tarixining ma’lum qismini yaratishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 9 oktyabrdagi FTA-02-11/827-son ma’lumotnomasi).  Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi XX asrning 50–60-yillari o‘zbek bolalar obzorida va “Qudrat Hikmat” personaliyasida o‘z isbotini topgan;

Qudrat Hikmat ijodida adabiy ta’sir va izdoshlik masalalari  S.Marshak, S.Mixalkov, G.Boryan ijodi ta’sirida yaratgan asarlari hamda  uning tabiat lirikasiga bag‘ishlangan she’rlarining A.S.Pushkin, F.I.Tyutchev she’rlari bilan qiyosiy-tipologik tahlilining ilmiy-nazariy xulosalaridan foydalanilgan. Tahlil natijalarida o‘zbek bolalar adabiyotining adabiy ta’sir kontekstida rivojlanish xususiyatlarini ilmiy dalillar bilan asoslab berish imkonini yaratgan;

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi buyurtmasiga binoan tayyorlangan 2 jildlik «O‘zbek bolalar adabiyoti antologiyasi»da XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek bolalar adabiyoti tarixining yaxlit manzarasini yaratish va Qudrat Hikmat adabiy portretini tasvirlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2017 yil 17 noyabrdagi 01-03/1000-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar 2 jildlik «O‘zbek bolalar adabiyoti antologiyasi» 1-jildi («Nazm»)ning (Toshkent, 2017) «Kirish» qismi va «Qudrat Hikmat» personaliyasini yaratishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish