Fayzullaev Maqsud Abdullaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy O‘zbekiston cho‘l hududlarida qishloq xo‘jaligi rivojlanishining iqtisodiy-geografik omillari», 11.00.02–Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/G6.

Ilmiy rahbar: Soliev Abdusami Solievich, geografiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G.01.06.

Rasmiy opponentlar: Qayumov Abduxakim Abduxamidovich, geografiya fanlari doktori, professor; Azimov Shuhrat Akromovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy O‘zbekiston cho‘l hududlarida qishloq xo‘jaligi rivojlanishining iqtisodiy geografik omillarini ochib berish hamda mavjud muammolar echimi bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Janubiy O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi rivojlanishining iqtisodiy geografik omillaridan tuproq-iqlim sharoitlari, qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanish holati, suv iste’moli me’yori, mulkchilik shakllarining samaradorligi, aholining iste’mol darajasi agrogeografik rayonlashtirish asosida aniqlangan;

er-suv resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari tarkibini optimallashtirishning dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan;

mintaqada gidromeliorativ agrar-industrial sikllarni rivojlantirishning ma’muriy, iqtisodiy va ekologik xususiyatlari aniqlangan;

qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari faoliyatini tashkil etishning hududiy tizimini agrar soha infratuzilma salohiyatini kuchaytirish, suv resurslarini samarali boshqarish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari va cho‘l-yaylov chorvachiligini rivojlantirish, sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini nazorat qilish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Janubiy O‘zbekiston cho‘l hududlarida qishloq xo‘jaligi rivojlanishining iqtisodiy geografik omillarini majmuali tadqiq qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:

Janubiy O‘zbekiston mintaqasi qishloq xo‘jaligini hududiy tashkil etish va agrogeografik rayonlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida gidromeliorativ agrar-industrial sikllarni rivojlantirishning xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar OT-F6-045 raqamli «O‘zbekiston hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining geografik muammolari» mavzusidagi fundamental loyihasida Janubiy O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini tavsiflashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 23 noyabrdagi FTK–03-13/837-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar mintaqa qishloq xo‘jaligi joylanishi hamda rivojlanishining asosiy iqtisodiy geografik qonuniyatlarini, bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jaligini hududiy tashkil etishning asosiy tamoyillarini, qishloq xo‘jaligida rayonlashtirishning iqtisodiy geografik jihatlarini aniqlashga xizmat qilgan;

qishloq xo‘jaligida er-suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari tarkibini takomillashtirishning dasturiy ta’minoti Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida foydalanilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 30 oktyabrdagi 05/05-47-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta va g‘alla ekin maydonlari qisqarishi bilan bo‘shaydigan er maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini samarali joylashtirilishini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;

qishloq xo‘jaligida er-suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari faoliyatini tashkil etishning hududiy tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida mazkur yo‘nalishdagi reja-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 30 oktyabrdagi 05/05-47-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar hududlarda 2016–2020 yillarda dehqonchilikni kompleks rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari faoliyatini tashkil etishning hududiy tizimini takomillashtirishga qaratilgan rejalarni mukammal tuzish uchun xizmat qilgan;

qishloq xo‘jaligini iqtisodiy-geografik tadqiq qilishning takomillashtirilgan ilmiy-uslubiy asoslari Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan («OʻzStandart» Davlat agentligida 2014 yil 10 oktyabrda OʻzDSt 36.1559:2014 №5181 qayd raqami bilan ro‘yxatga olingan). Taklif etilgan materiallar bakalavriat ta’lim yo‘nalishida (5140600–Geografiya) «O‘zbekiston geografiyasi», «Geografik tadqiqot usullari» fanlarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirishga, xususan, qishloq xo‘jaligi geografiyasining asosiy yo‘nalishlari, vosita va usullari tavsifini ochib berishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish