Axmedova Dilshoda Raxmonberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Patogenlarning mikrobiologik xususiyatlarini hisobga olgan holda qon oqimi infeksiyalarini diagnostika qilish va mikroblarga qarshi davolash usullarini takomillashtirish», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya, 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib1008.
Ilmiy rahbarlar: Abduxalilova Gulnora Kudratullaevna, tibbiyot fanlari doktori; Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar  ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Nuruzova Zuxra Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: patogenlarning mikrobiologik xususiyatlarini hisobga olgan holda qon oqimi infeksiyalarini diagnostika qilish va mikroblarga qarshi davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qon oqimi infeksiyalari bilan kasallangan bemorlarda kasallikni erta tashxisotida tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromi mezonlarini qo‘llash ahamiyati isbotlangan;
antibiotiklarni qabul qilmagan bemorlarda, ularni qabul qilganlarga nisbatan tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromining mezonlari namoyon bo‘lishi ustunligi asoslangan;
ilk bor qondan ajratilgan S.aureus, S.pneumoniae, E.coli, K.pneumoniae, P.aureginosa, Acinetobacter spp. kabi klinik ahamiyatga ega mikroorganizmlarning mikroblarga qarshi preparatlariga sezuvchanlik va chidamlilik xususiyatlari aniqlangan;
qon oqimi infeksiyalari bakterial qo‘zg‘atuvchilarining spektri ko‘pincha gram-musbat kokklar bilan ifodalanib, ikki yoki undan ortiq mikroblarga qarshi antibiotiklarga chidamliligi bilan tavsiflanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Patogenlarning mikrobiologik xususiyatlarini hisobga olgan holda qon oqimi infeksiyalarini diagnostika qilish va mikroblarga qarshi davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sifat menejmenti tizimining elementi bo‘lgan ichki sifat nazoratini joriy etish samaradorligi asosida «Sifat menejmenti tizimining elementi bo‘lgan ichki sifat nazoratini joriy etish samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 oktyabrdagi 8-n-r/977-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bakteriologik laboratoriyalarda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va klinik ahamiyatiga ega mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash, shuningdek antibakterial davoni takomillashtirish imkonini bergan;
ichki sifat nazoratining rivojlanishi va ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 08-17625-son xulosasi). Joriy qilingan natijalar qon oqimi infeksiyalarini erta tashxislash,   antibakterial dori vositalardan maqsadli yondoshib, asoratlar rivojlanishini va mikroblarga qarshi rezistentlikni oldini olish, bemorlarni davolash vaqtini qisqartirish hamda bemorlarning hayot sifatini oshirishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish