Ibragimov Nematjon Komiljonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yiringli septik infeksiya orqali yuzaga kelgan endogen intoksikatsiya sindromi bo‘lgan bemorlarning intensiv terapiyasi», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Tib321.
Ilmiy maslaxatchi: Avakov Vyacheslav Ervandovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Ilmiy kengash raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Akalaev Rustam Nurmuxamedovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibatov Rovshan Alievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Israilova Venera Karipbekovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik I.P.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yiringli septik infeksiya orqali yuzaga kelgan endogen intoksikatsiya sindromi bo‘lgan bemorlarning intensiv terapiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sepsisda endotoksinlarning xar xil biologik muxitlarda miqdori va zaxiralanishi, gemodinamik buzilishlarning og‘irlik darajasiga tasirini baholash asosida jigar xamda buyrak etishmovchiliklarini patogenetik korreksiya qilish qaratilgan davolash taktikasi isbotalangan;
qon aylanishining gipodinamik turida ul`trabinafsha nur bilan nurlantirilgan qonni autotransfuziyasi va o‘rtacha og‘irlikdagi molekulalarni tuqimalardan qon oqimi tizimiga sorbsiyadan oldingi safarbar qilinishi xavfsizligi va samaradorligi isbotlangan;
qandli diabeti bor bemorlarda yumshoq to‘qimalarning yiringli nekrotik shikastlanishi va o‘tkir tarqalgan peritonitli bemorlarda sepsis bilan asoratlangan turli darajalarni rivojlanishi bilan infeksion jarayon generalizatsiyasini soni va darajasi, patogenetik yo‘naltirilgan davolash va ko‘rsatilgan asoratlarni erta tashxislash samaradorligi isbotlangan;
jigarning zararlantirish xususiyatlari buzilishini erta tashxislash bo‘yicha taklif etilgan chora–tadbirlar tabiiy zararlantiruvchi a’zo bo‘lgan jigarning yutuvchi va zararlantiruvchi xususiyatini oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatini tiklash mexanizmi ilmiy asoslangan;
ekstrakorporal detoksikatsiya samaradorligini oshirish maqsadida oldindan infuzion muolajalar yordamida endoteliyaning o‘tkazuvchanligini va to‘qimalarning perfuziyasini oshirish orqali qon tomir tizimiga interstisiyani drenajlash usuli samaradorligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yiringli septik infeksiya orqali yuzaga kelgan endogen intoksikatsiya sindromi bo‘lgan bemorlarning intensiv terapiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yiringli septik infeksiya orqali yuzaga kelgan endogen intoksikatsiya sindromi bo‘lgan bemorlarning intensiv terapiyasi takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Aylanib yuruvchi qon xajmini aniqlash usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ 03704, 2006). Natijada ushbu usul aylanib yuruvchi qon xajmini aniqlashning yangi usulini joriy etilishi sepsis kabi asoratlar sonini sezilarli pasaytirish va ekstrakorporal detoksikatsiya natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
yiringli septik infeksiya orqali yuzaga kelgan endogen intoksikatsiya sindromi bo‘lgan bemorlarning intensiv terapiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yiringli-septik infeksiya chaqirgan, endogen intoksikatsiya sindromli bemorlarni intensiv davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 maydagi 8n–z/434–son ma’lumotnomasi). Natijada yiringli septik infeksiya orqali yuzaga kelgan endogen intoksikatsiya sindromi bo‘lgan bemorlarni samarali tashxislash va davolashning samaradorligini oshirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan va oyoklarning yukori kismi amputatsiyasini 25% ga kamaytirish imkonini bergan;
yiringli septik infeksiya orqali yuzaga kelgan endogen intoksikatsiya sindromi bo‘lgan bemorlarning intensiv terapiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Sepsis: uning patogeneziga, tashxislashga, klinikasiga va davolashga zamonaviy qarashlar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 02 fevraldagi 8n–z/90–son ma’lumotnomasi). Natijada bu poliorgan etishmasligi va sepsisga olib keluvchi endogen intoksikatsiya sindromli bemorlarni davolashda jonlantirish xizmati imkoniyatlarini kengaytirish va samaradorligini oshirish imkonini bergan.
yiringli septik infeksiya orqali yuzaga kelgan endogen intoksikatsiya sindromi bo‘lgan bemorlarning intensiv terapiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli shifoxonasi, Samarqand hamda Andijon davlat tibbiyot institutlari shifoxonalarining klinik amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 31 maydagi 08-14994–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi peritonitli va qandli diabetda oyoqning yiringli nekrotik shikastlanishi bilan asoratlangan bemorlarda jigar faoliyatining buzilishi, davolashda jigarda qon aylanishini yaxshilovchi vositalar, gepatoprotektorlar va septik kaskadni qoplab oluvchi vositalarni o‘z vaqtida qo‘llash jigarning buzilgan vazifasini tiklash, jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda diurezni forsirlanishi bilan detoksikatsion infuzion-transfuzion davolashni amalga oshirish, yiringli yallig‘lanishli asoratlar darajasini sezilarli darajada 33,6% ga nisbatan 17,1% gacha kamayishi va bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda reanimatsiya bo‘limida davolanish davomiyligini 11 kundan 8 kungacha (27,3%) kamaytirish imkonini bergan.