Ibragimova Iroda Rashid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini aksiyadorlik  jamiyatlari amaliyotiga joriy etishni takomillashtirish», 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1001. B2019..P
Ilmiy rahbar: Qo‘ziev Islomjon Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliqulov Abdimo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlari amaliyotiga moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish va uni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishda schyotlar rejasi, qayta baholash jadvallari, hisob siyosati va hisobotlarni shakllantirish  bosqichlari ishlab chiqilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida asosiy vositlarni mulkiy guruhlari bo‘yicha aks ettirish uchun schyotlar rejasiga qo‘shimcha M01-1 “Xususiy asosiy vositalar”, M01-2 “Investision mulk vositalari”, M01-3 “Ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotlarni qo‘llash taklif qilingan;
aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotlarni MHXSga o‘tkazish bo‘yicha inflyasiya koeffisenti, qoldiqlarni o‘tkazish, hisobot valyutasi transformatsion jadvallari ishlab chiqilgan;
MHXS №1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartini birinchi marta qo‘llash” nomli standartdan foydalanishda dastlabki ma’lumotlar, hisob tizimini tashkiliy asoslari, taxminiy baholashlarni tadbiq etilishi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini aksiyadorlik  jamiyatlari amaliyotiga joriy etishni takomillashtirish bshhyicha olingan natijalar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishda schyotlar rejasi, qayta baholash jadvallari, hisob siyosati va hisobotlarni shakllantirish bosqichlari O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tizimidagi sub’ektlarda MHXS asosida 2021 yil hisob siyosatiga kiritilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2021 yil 2 noyabrdagi 07-1/5-41 son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi buxgalter tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarining hisob siyosatini MHXS mos keladigan shaklini ishlab chiqish va uning bosqichlarini belgilashda vaqt sarfini tejash imkoni bergan;
aksiyadorlik jamiyatlarida asosiy vositlarni mulkiy guruhlari bo‘yicha aks ettirish uchun schyotlar rejasiga qo‘shimcha M01-1 “Xususiy asosiy vositalar”, M01-2 “Investision mulk vositalari”, M01-3 “Ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotlarni qo‘llash bo‘yicha taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining sub’ektlarining 2021 yilda ishchi schyotlar rejasiga qo‘shimcha kiritilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2021 yil 2 noyabrdagi 07-1/5-41 son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish natijasida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan schyotlar rejasining analitikligini oshirish imkoniyati ta’minlangan. 
Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotlarni MHXSga o‘tkazish bo‘yicha inflyasiya koeffisenti, qoldiqlarni o‘tkazish, hisobot valyutasi kabi takliflarini transformatsion jadvallari tuzish jarayonida qo‘llanilgan. (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2021 yil 2 noyabrdagi 07-1/5-41 son ma’lumotnomasi). Natijada aksiyadorlik jamiyatlarida MHXSga o‘tkazish bo‘yicha transformatsion jadvallari tuzish xarajatlarini kamaytirish imkoniyati yaratilgan. Transformatsion jadvallardan foydalanish natijasida tashqi auditorlik sharotnomasini qulay va tejamli tuzish imkoniyatini beradi va moliyaviy hisobotlarning auditorlik tekshiruvi uchun qulay sharoit yaratilgan.
Aksiyadorlik jamiyatlarida MHXS №1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartini birinchi marta qo‘llash” nomli standartdan foydalanishda dastlabki ma’lumotlar, hisob tizimini tashkiliy asoslari, taxminiy baholashlar bo‘yicha takliflari “Jizzax don mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi”ning moliyaviy hisobotlarini MHXS asosida tuzish imkonini bergan. (“Jizzax don mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi” 2021 yil 15 avgustda 1233-son ma’lumotnomasi). Natijada moliyaviy hisobotning xalqaro standartini birinchi marta qo‘llash jarayonidagi amalga oshiriladigan jarayonlarni ketma-ketligi, o‘tishdagi jadvallarni axborot ta’minoti amaliyotda qo‘llanishi buxgalterlarning ish vaqti tejalishi va operativ ravishda moliyaviy hisobot shakllantirish imkoniyatini ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish