Abdiniyazova Gulnara Joldasbaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘istonning dorivor, asal-shirali o‘simliklarining hozirgi holati va ulardan oqilona foydalanish yo‘llari», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/B81.

Ilmiy rahbar: Hojimatov Olimjon Qahharovich, biologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.B.39.01.

Rasmiy opponentlar: Xasanov Furqat Orunbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Mamutov Nizamatdin Karamatdinovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘istondagi dorivor va asal-shirali o‘simlik turlarini aniqlash hamda istiqbolli dorivor va asal-shirali o‘simliklarning xomashyo zaxiralarini baholashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Qoraqalpog‘istonda dorivor o‘simliklarning 63 oila, 240 turkumga kiruvchi 444 turining, asal-shirali o‘simliklarning 42 oila, 125 turkumga tegishli 207 ta turining ro‘yxati tuzilgan;

turlarning tarqalishi, hayotiy shakllari, areal tiplari, ekologik guruhlari bo‘yicha tarqalishi aniqlangan;

dorivor o‘simliklarning xalq tabobatida ishlatilishi bo‘yicha etnobotanik ma’lumotlar asoslangan;

dorivor o‘simliklarning 261 turi oshqozon-ichak kasalliklarida, 171 turi parazitli kasalliklarda, 151 turi yurak-qon tomiri kasalliklarida ishlatilishi aniqlangan;

dorivor floraning 46% ni MDH va Sharqiy Osiyo davlatlari ilmiy tibbiyoti va xalq tabobatlarida qo‘llanilishini o‘zaro o‘xshashligi ochib berilgan;

istiqbolli 5 tur asal-shirali va 8 tur dorivor o‘simliklarning xomashyo zaxiralari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qoraqalpog‘istonning dorivor, asal-shirali o‘simliklarining hozirgi holati va ulardan oqilona foydalanish yo‘llari bo‘yicha olingan natijalar asosida:

Qoraqalpog‘iston hududidagi dorivor va asal-shirali o‘simliklarning to‘liq ro‘yxati tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2017 yil 8 noyabrdagi VN-02/02-4-2061-son ma’lumotnomasi). Natijada muhofaza etiladigan turlar tarkibini aniqlash, kamyob va yo‘qolib ketayotgan turlarni muhofaza qilish va davlat kadastrini yuritish imkonini bergan;

dorivor va asal-shirali o‘simliklarning xomashyo zaxiralari bo‘yicha GAT xaritalari o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2017 yil 8 noyabrdagi 215-son ma’lumotnomasi). Natijada 8 ta tur istiqbolli dorivor va 5 ta tur asal-shirali turlar zaxirasini baholash va ulardan xomashyo tayyorlash imkonini bergan;

dorivor o‘simlik zaxiralarining holati va ulardan xomashyo tayyorlash bo‘yicha ma’lumotlar shifobaxsh dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlash markazining amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2017 yil 8 noyabrdagi 215-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston hududidagi Alhagi pseudalhagi (M. Bieb.) Desv., Glycyrrhizaglabra L., Ferulafoetida (Bunge) Regel., Anabasisaphylla L., Artemisiascoparia Waldst. & Kit., Peganum harmala L., Salsola richteri (Moq) Kar. ex Litv., Sphaerophysa salsula (Pall.) DC. dorivor o‘simliklar tarqalgan maydonlarni aniqlash, tabiiy va yillik foydalaniladigan miqdorini aniqlash va ulardan sifatli dorivor mahsulotlar yig‘ish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish