Isakov Pulatjon Maxmudjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tashrixdan keyingi kisilgan ventral churralarning alloplastikasida jaroxat va tizimli asoratlarini profilaktikasini takomillashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2022.2.PhD/Tib1977.
Ilmiy rahbar: Abdullajonov Baxromjon Rustamjonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nuriddinov Arifjan Talibovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tashrixdan keyingi asoratlar rivojlanishi profilaktikasiga taktik va texnik yondashuvlarni takomillashtirish orqali qisilgan ventral churralarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qisilgan ventral churralar tufayli o‘tkazilgan aralashuvlar vaqtida tashrix jaroxatining bakterial ifloslanishining sifat va miqdoriy tarkibining mikrobiologik xususiyatlari, shuningdek, turli xil antibakterial vositalardan foydalanish fonida ifloslanish ko‘rsatkichining dinamikasi aniqlangan;
qisilgan ventral churralar bo‘yicha operativ aralashuvlar sharoitida tashrix jaroxatidagi mikrobial ifloslanishning rivojlanishiga xos bakteriyalar shtammlariga tavsiya etilgan antiseptikning yaqqol bakterisid ta’siri in vitro tajribada isbotlangan;
mikrobial kontaminatsiya, antibakterial vositalarga sezuvchanlik, tashrix jaroxatini drenajlash va mahalliy yallig‘lanish jarayoni kabi omillarni hisobga olgan holda, qisilgan ventral churralarda allogernioplastikadan keyin yara asoratlari rivojlanishining sabab-oqibat munosabatlari aniqlangan;
davolash va reabilitatsiya dasturining taktik-texnik jihatlarini optimallashtirish orqali tashrixdan keyingi qisilgan ventral churralar bo‘yicha alloplastikada mahalliy jaroxat asoratlarni rivojlanishini oldini olish usuli takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Allogernioplastikadan keyin asoratlar rivojlanishini oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Qisilgan tashrixdan keyingi ventral churralarning alloplastikasida jarohatning yiringli-yallig‘lanish asoratlarini oldini olish usuli” takomillashtirilgan (FAP 01707-sonli foydali model uchun patent, 29.10.2021). Shoshilinch xirurgiya sharoitida allogernioplastikadan keyin jarohat asoratlari rivojlanishini oldini olishning tavsiya etilgan usuli tashrix natijalarini yaxshilashga, gospitalizatsiya davrini va tashrixdan keyingi reabilitatsiya muddatini qisqartirishga imkon bergan;
tashrixdan keyingi qisilgan ventral churralarning alloplastikasida jaroxatga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tashrixdan keyingi qisilgan ventral churralarning alloplastikasida jaroxatga oid va tizimli asoratlar rivojlanishining oldini olish usullarini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 maydagi 08-12709-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar qisilgan ventral churralarda allogrenioplastikadan so‘ng jaroxatga oid va tizimli asoratlar rivojlanishini oldini olishga profilaktik yondashuvlar sifatini yaxshilashga imkon bergan;
allogernioplastikada jarohatga oid va tizimli asoratlarni oldini olish sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasiga va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 maydagi 08-12709-son ma’lumotnomasi). Qisilgan ventral churrasi bor bemorlarni allogernioplastika qilishda tashrix vaqtidagi va tashrixdan keyingi taklif etilgan profilaktik chora-tadbirlar majmui jaroxat asoratlarini 20,9% dan 7,1% gacha pasaytirishga, shifoxonadan chiqarilgan asoratlar kuzatilmagan bemorlar ulushini 70,3% dan 89,3% gacha oshirishga va statsionar reabilitatsiya davomiyligini 7,7±0,1 dan 6,7±0,1 kungacha qisqartirishga imkon bergan.